So'zlovchining o'z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasini bildiruvchi kiritma qaysi gapda mavjud?// Birinchidan, bu borada siz nohaqsiz.
3221.Suhbat asnosida uning hech narsaga tushunmayotgani, men bog'dan kelsam, u tog'dan kelayotgani, birdaniga sezilib qoldi. Berilgan gapdagi ibora qanday vazifani bajargan? //ajratilgan izohlovchi
Saodatxon darchani ochib yubordi uyga muzday kuz havosi kirdi.
Ushbu qo'shma gap qismlari orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi? // vergul
Sabab munosabati qanday gaplar bilan ifodalanishi mumkin? // bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplar bilan
Saxiylikni odat qilgan bo'lsa kim, Qo'lidan davlati ketmasin uning. Ushbu qo'shma gap qismlarini bog'lash uchun xizmat qilayotgan vositani ko'rsating. // nisbiy so'zlar yordamida
Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to'shalgan oq kigizlar ustida, egniga uzun qora chakmon kiygan bir odam (Yo Rab!-Bu odam G'aznaviy edi!) uzala tushib yotar edi. Ushbu gap haqida berilgan to'g'ri hukmni aniqlang. 1) qo'shma gap 2) murakkab qo'shma gap 3) ajratilgan bo'lak qatnashgan sodda gap 4) kiritma gap qatnashgan sodda gap // 3 va 4
Saida bunga juda suyundi demak, hisobot yuzasidan bo'ladigan muzokara qizg'in tus oladi. Ushbu qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi? // ikki nuqta
Sabab holining ifodalanishida qaysi kelishik qo'shimchasi faol ishtirok etadi?//chiqish kehshigi
Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga - Roziyani awalgiday go'zal, shod ko'rish niyatiga - Sattor bir lahzada yetdi. Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to'g'ri? //uyushiq va ajratilgan bo'lakli gap
So'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatni toping. // Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi.
So'z birikmasida egalik qo'shimchasi hokim bo'lak oxiriga qo'shilsa, tobe bo'lak qanday shaklda boiadi? // tobe bo'lak qaratqich kelishigida bo'ladi
So'z birikmasida hokim bo'lak belgi bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vositasini bajarsa, qiyoslanuvchi (tobe) so'z qaysi kelishik orqali bog'lanadi? //chiqish kelishigi vositasida
So'z birikmasida tobe bo'lakni hokim bo'lakka bog'lovchi vositalaming qo'shilish o'rni qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? // kelishik, ko'makchi va ohang tobe qismga, egalik qo'shimchasi esa hokim qismga qo'shiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |