gapiring.
Тekislikdagi tuproqning tarkibi, undagi nam miqdori, turli yil fasllardagi issiqlik va yorug‘lik
miqdoriga qarab tog‘ oldi va tog‘larda turli-tuman o‘simliklar o‘sadi. Qanday bo‘lmasin bitta turning
katta-katta maydonlarda chakalakzor hosil qilishi tabiatda juda kam uchraydi. Odatda, har xil
o‘simliklar birgalikda yashayvermasdan, balki ma’lum o‘simlik turlari bir-biri bilan birga o‘sadi.
Тabiatda o‘simliklarning gruppalanishi tasodifiy emas. O‘simliklar millionlarcha yillar davomida
shunday turkumlanib qolgan. Muayyan tashqi muhit bilan bog‘langan o‘simliklargina birgalikda o‘sishi
mumkin edi. Shuning natijasida ma’lum bir joydagi sharoitlarga moslashgan o‘simlik gruppalari, ya’ni
birga o‘sadigan o‘simliklar paydo bo‘lgan.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |