(demos — xalq, kratos — hokimiyat) ma’nosini bildiradi.
5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi.
«Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»). Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Olimov) atoqli o‘zbek
yozuvchilaridan biridir.
Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi.
(57 + 38) – 17 = ?
[ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi
qo‘shilganda shah [ a ] ri, o‘r [ i ] ni, sing [ i ] lisi so‘zlaridagi «a», «i» tovushlari qoidaga ko‘ra
tushiriladi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |