mashq. Vergulning gap ma’nosiga qanday ta’sir qilayotganini aytib bering.
Afandi bir kuni boyga:
— Siz odam emassiz, eshak! — deb aytdi.
Bundan boyning nihoyatda jahli chiqib Afandini qozixonaga sudradi. Afandi shunday deganligini tan
oldi, lekin men boyni «Siz — odam, emassiz eshak» deganman deb jazodan qutulib ketdi.
SO‘ROQ VA UNDOV BELGILARI, ULARNING QO‘LLANILISHI
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq
ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi
holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng
muntazam ishlatila boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida.
Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag‘ishlangan qanday asari
bor? Vazifani bajarib bo‘ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo‘ldim? (ohang o‘zgaradi).
2. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng.
Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng
qavs ichiga qo‘yiladi. «Toping!» ma’nosida.
Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya
qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).
Do'stlaringiz bilan baham: |