«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik.
«Ma’rifat» gazetasi, «Saodat» jurnali, «Mening oppoq kabutarlarim» spektakli, «Sohibqiron»
dramasi, «Amir Temur» portreti.
5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida
yoziladi.
«Uzdunrobita» qo‘shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy harakati,
«Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg‘armasi,
«O‘zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto» O‘zbekiston — Janubiy Koreya
qo‘shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi.
6. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning markasini bildirgan so‘zlar,
o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |