mashq. Qayerlarda qo‘shtirnoq ishlatilishi lozimligini aniqlang,
Markaziy Osiyo madaniyati haftalik gazetasini muntazam o‘qib turaman. Vatan, millat so‘zlarini
ishlatmay turib ham vatanparvarlik, millatparvarlik mohiyatini ochib berish mumkin.
Odam keksaygandan keyin yosh bolaga o‘xshab qolarkanmi, mana shu yildan boshlab sal narsani
ham ko‘ngilga oladigan tegmanozikka aylandi-qoldi. (X. Sultonov) Fitrat so‘zining lug‘aviy ma’nosini ikki
jildlik o‘zbek tilining izohli lug‘atidan topolmaysiz. Navoiy lug‘atida tabiat, tug‘ma tabiat, yaratilish deb
izohlangan. (B. Qosimov) Odob — oltindan qimmat, — deydi xalqimiz. Zarafshon—Nyumont qo‘shma
korxonasining mahsulotlari dunyo bozorida ancha xaridorgir sanaladi.
Shoir B. Boyqobilov Navoiynoma tetralogiyasi uchun Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mukofotini olish baxtiga sazovor bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |