2. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi.
Buyuk yozuvchimiz A. Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q:
«Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, biri yashnab kiradi.
Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko‘nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib yozadi.
Yozuvchilikka cho‘g‘day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...»
3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi
qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar
49
qo‘shtirnoq ichida yoziladi.
... oradan yana bir necha oy o‘tib, uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o‘n bir
yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T Malik) «Xalq artisti», beliga o‘q tekkanday erta-yu kech to‘rdagi
karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini varaqlaydi, xalq artisti bo‘lmoq sirlarini axtaradi, chamasi.
(E.A’zamov)
4. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: