Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so'ngakka qo‘l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshadi,
ilmsizlik kishini tubanlash iradi. Xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik kishiga sharaf keltiradi. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevpsiz daraxtni kesib yondirgin. Og'iz va tilning bezagi to‘g‘ri so‘zdir, to‘g‘ri so‘z-la tilingni beza. (Ahmad Yugnakiy) Namuna: Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. topshiriq O'qing. Qo'shma gaplarni topib ko'chiring. 1.Har kimga ozor bera ko'rma, dunyo barchaga barobardir. 2.Yog‘och polvon o'sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu, yuzi yorug' bo ldi. (Said Ahmad) 3. Tojiboy gapirsa, katta-kichik ixlos bilan uning og'ziga qaraydi. (Parda Tursun) 4. Borliq jim: har bitta darchada zangor shu'lalar porlaydi. (E.Vohidov) 5. Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo'ynida uxlab yotadi. (Uyg‘un) 6. Kuchli odamlar hamisha oddiy bo'ladi. (Oybek) 7. Dunyo go'zal va unda ko'rkam joylar ko'p. (S.Muhamedov) Bilib oling. Bog’lovchili, ya’ni bog’langan va ergashgan qo’shma gaplarda qismlarda ifodalangan voqea-hodisalar o’rtasidagi munosabat bog’lovchisiz qo’shma gaplardagiga nisbatan aniqroq
15
ifodalanadi. mashq.Qo’shma gap turini aniqlang. 1. Ko’chalarda odamlar siyrak, shuning uchun ular otlarini yo’rttirib borardilar. 2. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi: ko’plari hikoya eshitish uchun kelardi. 3. Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman. 4. Agar biron asarim kitobxon og’ziga tushsa, mendan oldin u sevinib ketardi. 5. Sizlar ketdingizlar-u men bechora yetim boladek mung’ayib qolaverdim. 6. Sizning qistovingiz bilan ko’nishga ko’ndim-u, lekin o’sha kundan beri o’zimga kelolmayman. 7. U bir narsa demoqchi bo’lib geologlar tomonga o’girildi.Lekin ular ancha olislab ketishgan edi. 8. Xolang savodsiz bir narsa, ammo yurt ko’rgan xotin. 9. Endi nima bo’lib shundoq bo’lganini aytib o’tirishga fursatim yo’q – idorada odamlar kutib o’tiribdi. 10. To’polonda oyog’im lat yeganga o’xshaydi, shuning uchun darrov chiqolmadim, aybsitmaysizlar. topshiriq. O'qing. Qo’shma gaplarni aniqlab, avval bog’lovchisiz qo'shma gaplarni, so'ng bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarni ко’chiring.
QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq. Quyidagi sodda gaplardan mazmunan muvofiq keladiganini bir-biriga bog‘lang. Qanday gap hosil bo‘lganini ayting. Olim bo‘lsang. Bahor keldi. Olam seniki. Gullar ochildi. 2-topshiriq. Quyidagi sodda gaplarni mazmunan muvofiq keladigan bog‘lovchilar orqali o‘zaro bog‘lab ko‘chiring. Sodda gaplar o‘rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling