Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
o‘rganmagan kishi hayvon, uzr so‘rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir. 3. Hunar shunday otdirki, u
mingan kishini rohat va e’tibor manziliga yetkazadi. 4. Har kimki hayotga xo‘mrayib boqsa, hayot ham unga zarda bilan qaraydi. 5. Sen doim hayotga tabassum bilan boqsang, ana shunda hayot senga do‘stona qo‘l cho‘zadi. 6. Kimniki qo‘lidan yaxshilik kelmasa, u yomonlik qilishdan saqlansin. 7. Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 8. Shu narsani unutmangki, baxtsizlikning belgisi nodonlikdir. 9. Kishi dardiga kim hamdard emasdir, kishi nazdida ul mard emasdir. («Durdonalar xazinasi»dan) HAVOLA BO‘LAKLI QO‘SHMA GAPLAR BILAN SODDA GAPLAR SINONIMIYASI
Shuni unutmangki, vatanning istiqboli sizning qo‘lingizda. 21
Shunday kunlar keladiki, yurtimiz dunyoning eng rivojlangan go‘shasiga aylanadi. 3. Kimki birovga choh qazisa, o‘shaning o‘zi yiqiladi. 4. Kim mehnat qilsa, o‘sha rohat ko‘radi.
Juda muhim. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini konkretlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Natijada, ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bajargan gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Qo‘shma gap esa sodda gapga aylanadi. Masalan, Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi. _______ Mehnatdan qochmaganga tole kulib boqadi; Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo‘ladi. _____Ertamiz bugungidan porloqroq bo‘lishiga aminman. Juda muhim. Ko‘rinadiki, bir axborotni ikki xil gap — sodda va qo‘shma gap orqali ifodalash mumkin bo‘ladi. Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalash jihatdan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ular ma’noni ta’kidlash, uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar ko‘proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo‘lsa, sodda gaplar uslubiy betaraflik xusu- siyatiga ega bo‘ladi.
mashq. Quyidagi sodda gaplardan havola bo‘lakli gaplar hosil qiling. 1. Mehnatni sevmagan odam bir buzuqlikni qilishga tayyordir. 2. Hasad yurakning zanglanishi, qaysarlik — mag‘lubiyat sababchisidir. 3. Odobning yuqori bosqichi go‘zal xulqdir. 4. Insonning eng zo‘r yordamchisi o‘zining aqlidir. 5. Hayotda go‘zallik, quvvat va saodatning manbayi soddalikdir. 6. Qog‘ozga yozilib qolgan yaxshi nom tamom bo‘lmaydigan umrdir. 7. Qalbi pok bo‘lgan kishining ishlari ham pok, toza bo‘ladi. («Durdonalar xazinasi»dan)
MURAKKAB QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT Bilib oling. Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo'shma gap sanaladi. Murakkab qo'shma gaplar to'rt guruhga bo'linadi: 1) bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar; 2) bir necha
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling