bosh gapli murakkab qo'shma gaplar; 3) aralash murakkab qo'shma gaplar; 4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma
gaplar.
topshiriq.
Berilgan gap qismlarini aniqlang. Ularning o‘zaro qanday bog'lanayotganini ayting.
1.Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug‘urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli
bersalar, bulbullar chaxchaxlab, Bamburni Gullar bog‘iga chaqirardilar. (Sh.Rashidov) 2. Dam qushlar ovozi
yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi. (0‘.Umarbekov)
mashq. Ko'chiring. Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ular o'zaro qanday vositalar
yordamida bog'lanayotganini izohlang.
1.Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o'ralgani uchun,
qilt
etgan
shabada
yurmaydi.(M.Hazratqulov)
2.
Mayli,
bizga
saboq
bo‘lmasin,
lekin
dunyo biz bilan tugamaydi, ortimizda farzandlarimiz bor, suyagi qotmagan ukalarimiz bor, bu yozuvlar loaqal
o‘shalarning kuniga yarab qolar. (Murod Muhammad Do‘st) 3. Feruza uning jovdirashlariga ko'pda e’tibor
bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko'ydaligini darrov bilib oladi. (M.Hazratqulov)
4.Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. (Fitrat).
mashq.O'qing. Siz kitobni qanday o'qishingiz haqida so'zlang. Matn tarkibidan murakkab gaplarni ajrating va
bunday gaplar qismlarining o'zaro qanday bog'lovchi vositalar yordami bilan bog'lanayotganini aniqlang.
0‘qishlar har xil bo‘ladi: Birov ermak uchun o‘qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o‘qiyotgan kitobini
ilmiy tahlil qilish uchun, birov bo‘lak mashg'ulot bo‘lmaganidan vaqt o‘tkazish uchun, birov asardagi voqeaga,
qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. Shuning uchun atrofingizga qarasangiz, har xil kitobxonni ko'rasiz:
kimdir tramvayda, metroda kitobga tikilgan, kimdir navbatga turganda, sumkasidan xatcho'p solingan kitobni
olib ochadi, birov xiyobonda, qosh qorayib qolgan bo Isa ham, kitob varag’idan ko‘z uzmaydi... Bularning hech
biri foydadan xoli emas. (Asqad Muxtor)
mashr|.Murakkab qo'shma gaplarni aniqlang, ularga izoh bering.
22
U bir safar: «Oltin makre balig'i qanaqa bo'larkin, u haqda eshitganman-u, o‘zini hech ko‘rmaganman»,— deb
qoldi. «Kamyob baliqlardan biri — dedi Edigey, -u dengiz tubida yashaydi, jussasi xiylagina katta, lekin uning
xosiyati go‘zalligida: ola-chipor ko‘kimtir, yuzgichlaridan tortib kemirchak tarog‘igacha, xullas, boshidan to
dumining uchigacha oltin singari tovlanib turadi, shuning uchun ham uni oltin makre deb aytishadi»
(Ch.Aytmatov )
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Bilib oling. Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo'lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab
qo'shma gap sanaladi.
topshiriq.Berilgan
gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang
1.Reja bajarilsa dasturxon mo‘I bo‘Isa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo ‘Isa tantanalar qishgacha davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |