Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

berdingiz, O‘rmonjon aka», – dedi Siddiqjon. 

Yuqoridagi gapda dedi Siddiqjon qismi muallif gapi, ungacha bo‘lgan qism esa o‘zganing gapi hisoblanadi. 

      Fikrni  asosli  va  go‘zal  ifodalamoq  uchun  ko‘p  hollarda  xalq  maqollaridan,  hikmatli  so‘zlardan,  adabiy 

parchalardan  foydalaniladi.  Nutqqa  tayyor  olib  kirilgan  bu  maqol  va  hikmatli  so‘zlardan  so‘ng  —  deydi 



xalqimiz,  —  deydi  adib  singari  muallif  gaplari  qo‘llanilib,  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gapni  hosil  qiladi. 

Masalan, «Oltin boshing omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas», — deydi xalqimiz.  

Ko‘rinadiki, bunday iboralardan o‘rinli foydalanish nutqiy madaniyatni oshiradi. 

Keltirilgan  maqolning  ma’nosini  izohlab  bering,  so‘ngra  undan  ko‘chirma  gapli  qo‘shma  gap  hosil  qiling.      



Odobning boshi – til. 

    mashq. O‘qing. Muallif va ko‘chirma gaplarni aniqlang. 

                           OZ ISHLA, SOZ ISHLA 

      Kunlardan bir kuni bir mutakabbir o‘rgimchak ipak qurtiga: «Men Senga  juda  achinaman, bir ozgina 



ipak uchun shoshmasdan ishlab ko‘p vaqt sarf etasan. Mana, menga qara, tez-tez ishlab ozgina vaqt ichida 

bu  devorning  boshidan  oyog‘igacha  to‘r  o‘rab  bitirdim.  Menga  o‘xshab  shoshib-pishib  to‘r  o‘rasang 

bo‘lmaydimi?  —  dedi.  Ipak  qurti  unga:  «Тo‘g‘ri,  ishda  sur’at,  tezlik  kerak,  lekin  sen  singari  apil-tapil 


28 

 

ishlashdan  foyda  chiqmaydi,  shuning  uchun  to‘ring  hech  qimmatga  ega  emas,  mening  to‘rim  esa  juda 



qimmatli to‘r, — deb javob berdi. 

Hissa:  Shoshma-shosharlik  bilan  ishlashdan  hech  foyda  hosil  bo‘lmaydi.  Ishning  soniga  emas,  sifatiga 

diqqat qilish lozim. «Oz ishla, soz ishla» deb bekor aytmaganlar. 

Bayt: 

        Shoshqaloqlik niholin o‘tqazsang, 

       Bergusi meva pushaymonlik. 

 («Durdonalar xazinasi» dan) 

    mashq.  Suqrot  hakimning  quyidagi  hikmatlarining    mag‘zini  chaqing.  Muallif  gapini  oldin,  keyin, 

o‘rtasida keltirib ko‘chiring. 

      Suqrot  hakim  aytadi:  «Тakabburlik  va  zulm  —  ulug‘likning  ofati,  muloyimlik  va  tavoze’  —  insonning 



ziynati, sharm-hayo uning go‘zal, yoqimli libosidir». 

Me’yorni ko‘p buzar odam bolasi. 

Uning kattasidan kichigigacha 

Arziydi jazoga tortilsa dangal. 

U — aybdor. 

U «me’yor bo‘lsin» deydi-yu

Aslo o‘z gapiga qilmaydi amal. 

     Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi 

     Ko‘chirma  gap  bilan  muallif  gapi  turlicha  o‘rinlashish  xususiyatiga  ega.  Ularning  o‘rinlashish  tartibini 

quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 

1. Muallif gapi (MG)+ko‘chirma gap (KG): 

Xalqimiz deydi: «Sabr tagi — sariq oltin».  

Guli  dedi:  «G‘azaldin  bahr  olmag‘ay  kim?»  (Uyg‘un)  Bunday  vaqtda  muallif  gapidan  so‘ng  ikki  nuqta 

qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinib, bosh harf bilan boshlanadi. 

Ko‘chirma gap oxiriga, agar u darak va buyruq gap bo‘lsa, nuqta; so‘roq gap bo‘lsa, undov belgisi qo‘yilib, 

qo‘shtirnoq yopiladi. 

1. KG+MG: «Тo‘g‘ri, qoloqdan cho‘loq yaxshi», dedi qovog‘ini   solib Dilshod. (Oybek) 

«Nega xat-pat, telegramma  yubormadingiz? — dedi Jo‘ra. (Oybek

2. KG+MG+KG: «Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz, — dedi Bibixonim kelinga, — 




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling