Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz

karvonlari»  asarida.  —U  Navoiyga  bag‘ishlab  kitob  yozgan,  uning  mehrini  qozongan  yaqin  kishisi,  muxlisi, 

do‘sti edi». 2. Taniqli adabiyotshunos olim Shoislom Shomuhamedov Sa’diy Sheroziy haqida fikr yuritar ekan: 

«Uning ajoyib asarlari о’zbeklar orasida ham keng tarqalgan. “Guliston” va “Bo'ston” kabi axloqiy kitoblari 

eski o‘zbek maktlablarida darslik sifatida о’rganilgan»,— deb yozadi. 3. «So‘z san’atining qudrati shundaki, — 

deydi  Asqad Muxtor,— u hayotda aynan bo'lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib  yuboradi.» 4. «Tilga 

ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz»,— deydi  Alisher Navoiy. 

Bilib  oling.  O'zganing  gapi  hech  o'zgarishsiz  nutqqa  olib  kirilgan  gap  ko'chirma  gap,  mazmuni 

saqlanib, shakli o'zgartirilgan gap o'zlashtirma gap hisoblanadi. 

    Nutq jarayonida so'zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina 

qolmasdan,  o

zgalardan  eshitgan  voqea-hodisalarni  ham  bayon  qiladi.  Ko‘pincha  so‘zlovchi  nutq 



jarayonida o‘z flkrini dalillash uchun buyuk shaxslarning  gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs 

xarakterini  ochish  uchun  shu  shaxs  bayon  qilgan  gaplardan  foydalanadi.  Bunday  gaplar  o‘zganing  gapi 

sanaladi. 

   Ba’zan о’zganing gapi aynan keltirilsa, ba’zan u so‘zlovchi tomonidan shaklan qayta tuzilib, o‘zining gapi 

shaklida beriladi. O'zganing gapidan ikki xil yo‘l bilan foydalaniladi: 1) o'zganing gapi hech o‘zgarishsiz 

nutqqa tayyor holda olib kiriladi; 2) o‘zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o‘zgartirilgan holda 

nutqqa olib kiriladi. Ularning birinchisi ko‘chirma, ikkinchisi o‘zlashtirma gap sanaladi. 

       KO'CHIRMA VA O'ZLASHTIRMA GAPLAR 

mashq. 

Gaplarni ko'chiring, ko'chirma va o'zlashtirma gaplarni aniqlang. 

1.Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning baxtsiz odam ekanligini ta’kidlagan edi. 2. Xurramiy 

deydi: «Chiroyli xulq bilan inson insondir». 3. Bobom shirinso‘zlik va muloyimlik har qanday baloni 

qaytarishga qodirligini aytdi. 4. «Yaxshi fe’l bilan kishUar kenglini olib o‘zingni yomon qiliqlardan saqlab 

yasha»,-deydi Ahmad Yugnakiy. 5. Hadislarda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo'qligi haqida aytib 

o‘tilgan. 

mashq.Nuqtalar o'rniga ko'chirma gaplar qo'ying. Ko'chirma gaplarni o'zlashtirma 

gapga aylantiring. 

1. 


Do‘stim dedi: «... .» 2. Sinfdoshim mendan so'radi: « ... .?» 3.0‘qituvchimiz: « ...»,— dedi. 4. Maktab 

direktori o‘quvchilarga qarata dedi: « ...!» 

 

                KO'CHIRMA GAPLARNI O‘ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH 



       O'zganing  gapi  ko'chirma  gap  orqali  ham,  o'zlashtirma  gap  orqali  ham  berilishi  mumkin.  Bimday  vaqtda 

ko'chirma gap va o'zlashtirma gap ma’nodosh bo'ladi. 

Ko'chirma gap quyidagi shakliy o'zgarishlar yo'li bilan o'zlashtirma gapga aylantiriladi: 

a)darak gap shaklidagi ko'chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan 

to'ldiruvchiga,  egasi  qaratuvchi  aniqlovchiga  aylantiriladi.  Muallif  gapining  kesimi  vazifasidagi  dedi  so'zi  aytdi 

so'zi  bilan  almashtiriladi.  Muallif  gapining  egasi  o'zlashtirma  gap  egasi  bo'lib  gap  boshida  keladi.  Masalan, 



«Yoshlarimiz istiqboli porloq»,— dedi о ‘qituvchimiz — 0‘qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi. 

b)so'roq,  buyruq  shaklidagi  ko'chirma  gaplar  darak  shakliga  aylantiriladi.  Masalan,  «Salima  qanday  о 

‘qiyapti?» - deb so ‘radi onasi. Onasi Salimaning qanday o

qiyotganligini so‘radi. 



d)  ko'chirma  gap  tarkibidagi  undov,  kirishlar  tushirib  qoldiriladi.  Undalma  chiqish  kelishigidagi  to'ldiruvchiga 

aylantiriladi. 

Bilib oling. Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda, ko'chirma gapli qo'shma gap sodda gap 

shaklini oladi. 

mashq. Berilgan ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantiring. qanday qilib 

o'zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting. 




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling