Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
QO'SHMA GAP 2miraziz
Ko‘prikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar o‘tdi.
Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir xil ma’no munosabati — zidlik (birinchi gap ma’nosi bilan ikkinchi gap ma’nosi o‘rtasida zidlik bor) munosabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi.
Ular o‘rtasidagi farq faqat qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday bog‘lovchi vositaning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anor so‘ylar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon) qo‘shma gap qismlari o‘rtasida payt munosabati ifodalangan. Qo‘shma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda ro‘y berayotgan ikkita voqea-hodisani (birinchisi — Anorning so‘zlashi, ikkinchisi — Zaynab qalbining qaltirashi) ifodalaydi. Ikkala qism va bog‘lovchisi qatnashmagan holda ohang yordamida ham bog‘lanishi mumkin: Anor so‘ylar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu vaqtda bog‘langan qo‘shma gap emas, balki bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi. Juda muhim. Qo‘shma gap qismlari o‘rtasida sabab-natija (bir sodda gap sababni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bo‘lsa, unday qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gap shaklida ham, bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham ifodalanishi mumkin. Masalan, Paxtalar qiyg‘os ochildi, terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi, shuning uchun terim
Yuqoridagi uchta qo‘shma gap sabab-natija umumiy ma’nosi bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, lekin qo‘shma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ko‘rinadiki, bir xil ma’noni turli qo‘shma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda o‘rinli foydalana olish nutq madaniyatiga ega bo‘lishda katta ahamiyatga ega. mashq. Quyidagi qo‘shma gaplar tarkibidagi bog‘lovchi vositalarni almashtiring. Hosil bo‘lgan sinonimik gaplarning uslubiy bo‘yog‘ini aniqlang.
mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli bog‘lovchilar va tinish belgilarini qo‘yib, qo‘shma gaplarni ko‘chiring, turini ayting.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling