Qo‘shma gaplar
Ko‘chirma gapda tinish belgilarining qo‘llanishi
Download 53.33 Kb.
|
шпор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot U s l u b i ya t
Ko‘chirma gapda tinish belgilarining qo‘llanishi
Ko‘chirma gaplar doim qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi: U mendan so‘radi: “Xushxat ekansan. Hisobni bilasanmi?” (O.) Ko‘chirma gap muallif gapidan olidn kelsa, ko‘chirma gapdan so‘ng vergul va tire qo‘yiladi: “Ochiqchasiga gaplashaylik”, - dedi Nafisa. (As.M.) Agar ko‘chirma gap mazmunidan his-hayajon yoki so‘roq anglashilsa, so‘roq va undov belgilaridan so‘ng qo‘shtirnoq qo‘yiladi, ko‘chirma gapdan so‘ng esa tire qo‘yib yoziladi: “Nega yalang oyoq yuribsan?” - deb qulog‘iga pichirladi. (As.M.) “Rahmat sizga, mehribon o‘qituvchilarimiz”- dedik barchamiz. Muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi: a) ko‘chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa yoki hech qanday tinish belgilari bo‘lmasa, muallif gapi har ikki tomonidan vergul va tire bilan ajratib yoziladi: “Efim tog‘am, - dedi Po‘latjon, - hamma vaqt bayroqdor bo‘lganlar”. (H.N.) “Aka, - dedi u hammani og‘ziga qaratib, - samolyotdan meni ko‘rdingizmi?” (H.N.) “Qo‘rqma, o‘zim yordamlashaman, - deb dalda berdi Kolya, - o‘zing yaqinda bu yerga kelasan”. (H.N.); b) ikki sodda gapdan tuzilgan ko‘chirma gapning birinchisidan so‘ng nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqta va tire qo‘yiladi. Ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan yoziladi: “Mana shu bo‘rsiq Mirzacho‘lda yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, - deb ta’kidladi bobom. –Mening nomimdan hayvonot bog‘iga berib yubor.” (G‘ayratiy) Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot U s l u b i ya t tilshunoslik fanining bir bo`limi bo`lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo`llanish yo`llari, fonetik, lug`aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo`llanish xususiyatlari o`rganiladi. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo`llanadigan, bir qancha o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan ko`rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub orqali so`zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. O`zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so`zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim darsliklarda so`zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi): durust, metro, ko`k, tuzuk (so`zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy). Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling