Qo‘shma gaplar


Download 53.33 Kb.
bet1/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
шпор


QO‘SHMA GAP
Qo‘shma gaplar ikki yoki undan ortiq gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikuvidan tuziladigan sintaktik birlikdir. Qo‘shma gapni tashkil qilgan qismlar (gaplar) intonatsiyaga ko‘ra ham bir-biri bilan birikkan bo‘ladi. Qo‘shma gap tuzilishi va mazmun munosabatiga ko‘ra sintaksisning alohida birligi hisoblanadi.
Qo‘shma gaplar tuzilishiga ko‘ra va fikr ifodalash xarakteriga ko‘ra sodda gaplardan farqlanadi. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
1. Gapni tashkil qiluvchi asosiy belgilardan biri bo‘lgan predikativ aloqa (ega va kesim munosabatini ko‘rsatuvchi aloqa)ning miqdori sodda gaplarda bitta bo‘lsa, qo‘shma gaplarda esa predikativ munosabatdagi markaz ikki yoki undan ortiq bo‘ladi.
Misol: 1) Biz rostgo‘ylikni, halollikni ulug‘laymiz. 2) Ko‘klamning sayroqi qushlari tabiat ko‘rinishlarini kuylamoqdalar, ko‘m-ko‘k ko‘katlar silkinib qushlarni olqishlamoqdalar.
Keltirilgan misollarning birinchisi birgina predikativ markazli (Biz qadrlaymiz), ikkinchisi esa, ikki predikativ markazli ( a) qushlar kuylamoqdalar, b) ko‘katlar olqishlamoqdalar) gaplardan tashkil topgan. Shunga ko‘ra birinchi misol sodda gap hisoblansa, ikkinchi misol qo‘shma gap sanaladi. Chunki uning tarkibida birdan ortiq predikativ markaz mavjud.
Sodda gaplar tarkibida ba’zan kesimlar uyushib kelishi mumkin. Bunday holatda ham ular birgina ega va kesim munosabatini ko‘rsatuvchi predikativ markazdan tashkil topganligi uchun sodda gap hisoblanadi. Misol uchun: Biz halollikni doim qadrlaymiz va ulug‘laymiz.
Agar gap birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan bo‘lib, u gaplarning egalari qo‘llanmagan bo‘lsa va kesim orqali ifodalangan harakatning bajaruvchisi turli shaxsni ko‘rsatsa, unday gaplar qo‘shma gap sanaladi. Misol: Taklif qilishsa, boramiz. Bu gapda fe’l-kesimlar ikki xil shaxsga oid bo‘lib, ikki gapdagi ega vazifasini bajaruvchi shaxs ham ikki xildir: ular taklif qilishsa, biz boramiz.
2. Sodda gaplar birgina mazmun munosabatini ko‘rsatuvchi birlikdan tuzilgan bo‘lsa, qo‘shma gaplar ikki va undan ortiq mazmun munosabatini ifodalovchi birliklardan tuziladi.
Sintaktik aloqaning har ikki turi (tenglanish va tobelanish aloqasi) sodda va qo‘shma gapda mavjud bo‘lib, sodda gapdagi tenglanish aloqasi, asosan, uyushiq bo‘laklar orasida, qo‘shma gapdagi tenglanish esa bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibida ko‘rinadi. Ya’ni tenglanish aloqasi orqali sodda gapda uyushiq bo‘laklar, qo‘shma gapda esa bog‘langan qo‘shma gaplar hosil qilinadi.
Tobelanish orqali sodda gapda so‘z birikmalari hosil qilinsa, qo‘shma gapda esa ergashgan qo‘shma gap hosil qilinadi.
Misol: Tenglanish aloqasi: Inson qilgan mehnati bilan, avlodlarga qoldirgan mehnati bilan yanada yashay beradi – uyushgan to‘ldiruvchili sodda gap. Bahor shamoli mayin esmoqda va maysalar asta tebranmoqda – (bog‘langan qo‘shma gap).
Tobelanish aloqasi: Oy yoritadi, lekin isitmaydi (uyushgan kesimli sodda gap). Yanvar oyi kirishi bilan, kunlar uzaya boshlaydi (ergashgan qo‘shma gap). Keltirilgan misollarda tenglanish va tobelanish aloqasining sodda gap va qo‘shma gapda ishlatilishini ko‘rdik.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling