Qo‘shma gaplar
Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar.
- Bog‘langan qo‘shma gaplar
Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gap komponentlari orasida voqea-hodisaning bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelganligi ifodalanadi. Biriktiruv munosabatli qo‘shma gap qismlari bir-biri bilan va, ham(da) bog‘lovchilari va shu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanadigan –u(yu), -da yuklamalari orqali birikadi.
Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bog‘langan qo‘shma gaplarning bu turida «ikki komponent» orasidagi mazmun bir-biriga zid qo‘yilsa ham, shu zidlikka qaramay, keyingi gapdagi voqea-hodisa yuzaga kelgan bo‘ladi. Ko‘pincha birinchi gapda tasdiq, keyingi gapda esa inkor mazmuni ifodalanadi. Ba’zan birinchi gap inkor, ikkinchi gap tasdiq shaklida keladi. Misol: Zaynab ham kulgiga qo‘shildi, ammo Kumush yuzini chetga o‘girgan kuyi o‘tirar edi. (A.Qodiriy). Sadoqatli oftobachi uning ko‘kragiga choroyna, qo‘liga boshqa zirxli narsalar kiydirmoqchi edi, lekin bunga Humoyunning sabri chidamadi (P.Qodirov). Uxlovchilarning ikkisi pinagini buzmadi, ammo do‘konning to‘rida yotgan chuvak bir yigit cho‘chib, boshini ko‘tardi. Osmonni birdan qora bulut qopladi, lekin yomg‘ir yog‘ishdan darak yo‘q. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap komponentlarini o‘zaro bog‘lashda ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va shu bog‘lovchilar vazifasidagi –u(-yu), -da yuklamalari ishlatiladi. Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gaplarda inkor bog‘lovchisi ham, ayiruv bog‘lovchilariga o‘xshash, bog‘langan qo‘shma gap komponenti boshida takrorlanib keladi. Inkor bog‘lovchisi bog‘langan qo‘shma gap komponentlarida ifodalangan inkor ma’nosini sanab ko‘rsatadi. Na bog‘lovchisi vositasida birikkan predikativ qismlar ikki va undan ortiq bo‘lishi mumkin: Uning qulog‘iga na bulbulning ovozi kirar, na ko‘ziga uyqu kelardi (P.Tursun). Bog‘langan qo‘shma gaplar Bog‘langan qo‘shma gaplar ikki teng huquqli komponentlarning mazmunan bir-biri bilan bog‘lanishi, teng bog‘lovchilar yoki ular vazifasidagi yuklamalar orqali birikishi va tenglanish intonatsiyasi orqali aytilishidan hosil bo‘ladigan ikki komponentli qo‘shma gapning bir turidir. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi ikki komponent tenglanish munosabati bilan bir-biriga birikkanligi uchun ular tuzilishiga ko‘ra alohida olingan sodda gaplarga o‘xshaydi. Lekin ular tarkibidagi har ikki komponentni mustaqil sodda gapga teng hisoblab bo‘lmaydi. Chunki u komponentlarni «mustaqil» deb hisoblasak, ular qo‘shma gap tarkibiga kirgan va qo‘shma gapning bir komponentini tashkil qilgan deb hisoblab bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi teng huquqli komponentlarni nisbiy mustaqil qismlardan (gaplardan) tuzilgan deb hisoblaymiz. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi ikkinchi komponent mustaqil sodda gapday mazmun ifodalasa ham, birinchi komponent keyingisiga mazmunan bog‘lanib, undagi voqea-hodisaning bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga kelishini, zidlikka qaramay ma’lum voqea-hodisaning yuzaga kelishini, inkor yoki qiyoslash kabi mazmunan ifodalaydi. Misol: Yaxshidur achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon. Dutor «Ifor» kuyini chaldi va childirma ham nozik qul bilan unga qo‘shila bordi (A.Qodiriy). Goh ko‘lankalar yonib ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi (Oybek). Tong hali yorishmagan, lekin osmonda yulduzlar siyraklashgan edi (Oybek). Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi teng bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling