Qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
Eslatma: Tobelanish aloqasi ega va kesim orasida ham mavjud bo‘lib, u so‘z birikmasini emas, gapni hosil qiluvchi sintaktik birlikdir.
Qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar (qismlar) mazmunan bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Birdan ortiq predikativ markazga ega bo‘lgan gaplarni qator keltirish bilan qo‘shma gapni hosil qilib bo‘lmaydi. Masalan: «Bahor keldi» va «daraxt barglari sarg‘aya boshladi» gaplarini birlashtirib – «Bahor keldi va daraxt barglari sarg‘aya boshladi» deb qo‘shma gap tuzish mumkin emas, chunki bu ikki gap orasida mazmunga ko‘ra bog‘lanish yo‘q. Mazmuniy bog‘lanish uchun bu gaplarni «Bahor keldi va kunlar isiy boshladi», «Bahor kelgach, gullar qiyg‘os ochildi», «Kuz keldi, daraxt barglari sarg‘aya boshladi» kabi qo‘llasak, birdan ortiq komponentlar orasida mazmuniy bog‘lanish mavjudligi uchun ular qo‘shma gapni hosil qilgani aniq ko‘rinadi. 3. Qo‘shma gapning yana bir asosiy belgilaridan biri shuki, qo‘shma gapning qismlarida (komponentlarida) gaplarga xos bo‘lgan intonatsiya mavjud bo‘ladi. Bu intonatsiya qo‘shma gap orasida nisbiy tugallik xarakteriga ega bo‘ladi. Yuqorida aytilgan predikativ qolipdagi birliklarda gaplarga xos bo‘lgan intonatsiya mavjud emas. 3. Qo‘shma gapning yana bir asosiy belgilaridan biri shuki, qo‘shma gapning qismlarida (komponentlarida) gaplarga xos bo‘lgan intonatsiya mavjud bo‘ladi. Bu intonatsiya qo‘shma gap orasida nisbiy tugallik xarakteriga ega bo‘ladi. Yuqorida aytilgan predikativ qolipdagi birliklarda gaplarga xos bo‘lgan intonatsiya mavjud emas. Eslatma: O‘zbek tilida qo‘shma gapning yana shunday ko‘rinishi uchraydiki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gapga o‘xshasa ham, mazmunan bog‘langan qo‘shma gaplarga yaqin turadi. Ya’ni qo‘shma gap tarkibidagi komponentlar ergashtiruvchi vositalar bilan biriksa ham, qismlar teng huquqliday ko‘rinadi. Ko‘pincha, bunday komponentlar –(i)b affiksli ravishdosh yoki –sa affiksli shart fe’li yordami bilan bog‘lanadi: Ichkarida ashula tugab, shovqinli kulgi ko‘tarildi. (A.Muxtor). Bu gapning bog‘langan qo‘shma gap shakli quyidagicha: Ichkarida ashula tugadi va shovqinli kulgi ko‘tarildi. Bunday qo‘shma gaplarda, xuddi bog‘langan qo‘shma gaplardagiday, komponentlarning zichroq bog‘lanishini ta’minlovchi umumlashtiruvchi bo‘laklar – qaratuvchi, o‘rin, payt, sabab hollari qo‘llanishi ham mumkin: Onaxonning tovushi tovlanib, ko‘ziga yosh keldi. (As.M). g‘ira-shira yorug‘da uning kul rang yuzi qorayib, ko‘zlari sirli yaltiradi (As.M). Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling