Qo‘shma gaplar


Ega ergash gapli qo‘shma gaplar


Download 53.33 Kb.
bet8/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
шпор

Ega ergash gapli qo‘shma gaplar
Ega ergash gap bosh gapda olmosh orqali ifodalangan eganing yoki bosh gapda qo‘llanmagan eganing ma’nosini izohlaydi: Kimki masalaga jiddiy yondashsa, u hamkasblari e’tiborini qozonadi. Kim hunarni desa, u dono bo‘lur (A.Jomiy). Kimki odobsiz bo‘lsa, u dunyoda eng baxtsiz odam. Kimda kim ota-onasini rozi qilsa, unga tole yor bo‘lur.
Ega ergash gap bosh gapda ega vazifasida kelgan kim (kimki, kimdaki, kimdakim), nima har kim(ki) olmoshlarining ma’nosini konktretlashtirganda shu olmoshlarda birlik ma’nosi anglashilgani uchun bosh gapda ega vazifasidagi u, o‘sha kabi olmoshlar ham birlik ma’nosini bildiradi.
Yuqorida aytilganidek, ergash gapdagi ega nimaiki olmoshi bilan ifodalanganda esa, jamlik ma’nosi anglashilgani uchun hammasi, barchasi, bari kabi jamlik olmoshlari bosh gapda ega vazifasida qo‘llaniladi.
Misol: Nimaiki deyilgan bo‘lsa, uningcha hammasi adolatsizlik edi (A.Qahhor). Keng hovlida nimaiki ko‘rinsa, hammasi ham Umirzoq otaning tirikligidan dalolat berar edi (Sh.Sulaymon).
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan kesimning ma’nosini ochib beradi. Ko‘pincha bosh gapda kesim vazifasida shu ko‘rsatish olmoshi kelib, ergash gap kesimning ma’nosini izohlab beradi. Misol: Tilagimiz shuki, yaxshilarni ezgu niyatlari o‘ziga yo‘ldosh bo‘lsin. (S.Ahmad). Seni bu yerga chaqirgandan maqsad shuki, avvalo bu gaplardan o‘zing xabardor bo‘lib qo‘ygin. (O.Yoqubov). Tashrifimizdan maqsad shuki, sizning oilangiz bilan yaqinroq tanishsak. (S.Ahmad).
Ayrim kesim ergash gap tomonidan izohlanayotgan ko‘rsatish olmoshi (shu so‘zi) bosh kelishik shaklidan tashqari turli shakllarda kela oladi:
a) chiqish kelishigi q iborat so‘zining birga qo‘llanishi orqali. Misol: Uning tabiatidagi ko‘zga tashlanadigan xususiyat shundan iboratki, u juda ham o‘ziga talabchan va tinib-tinchimas yigit. (H.g‘ulom). Vazifamiz shundan iboratki, kelgusiga katta umid bilan yashash.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling