Qo‘shma gaplar


KO‘P KOMPONENTLI QO‘SHMA GAPLAR


Download 53.33 Kb.
bet16/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
шпор

KO‘P KOMPONENTLI (MURAKKAB) QO‘SHMA GAPLAR
KO‘P KOMPONENTLI QO‘SHMA GAPLAR

Qo‘shma gaplar hamma vaqt ham ikki sodda gapning birikuvidan tashkil topavermaydi. Ular uch va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan tuzilishi ham mumkin. Bunday gaplar qo‘shma gapning murakkab turini tashkil qiladi. Ko‘p komponentli qo‘shma gaplar tuzilishi va graammatik xususiyati jihatidan bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplardan deyarli farq qilmaydi.
Ko‘p komponentli qo‘shma gapni (murakkab qo‘shma gapni) tashkil qiluvchi qismlar ergashshi yo‘li bilan bog‘lanish yo‘li bilan hamda bog‘lanish va ergshashish yo‘li bilan birikadi. Shu jihatdan ularni uch gruppaga ajratish mumkin:
1. Ergashish yo‘li bilan tuzilgan tur (bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar).
2. Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan tur.
3. Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan tur (aralash qo‘shma gaplar).

Ergashish yo‘li bilan tuzilgan tur
Ergash gaplarning hamma turi birga kelib, bir necha ergash gapli qo‘shma gapni hosil qilishi mumkin. Bunday qo‘shma gaplarning ergash gap qismi o‘zaro tenglanish munosabatida bo‘lgan, ya’ni uyushgan ergash gaplardan tashkil topadi. Misollar: Qalbingda yonsa ham bir dunyo alam, qaddingni buksa ham olam-olam g‘am, boshingga ayriliq solsa ham soya, ko‘ngling g‘ash bo‘lsa ham bilonihoya, soching oqarsa ham hijron tufayli, yuzlaring za’faron bo‘lsa ham, mayli, onajon, ko‘zingdan oqizma ko‘p yosh (Uyg‘un). Men o‘zimni inson bilganda, gulga to‘lib bahor kelganda, yuragimda havas uyg‘ondi (H.Olimjon).
To‘ldiruvchi, aniqlovchi, o‘xshatish, o‘lchov-daraja, natija, sabab ergash gaplar ham yuqoridagicha uyushib, teng bog‘lovchilar ishtirokida birikishi mumkin. Misollar: Alyosha tushunardiki, ular hayotni yaratgan odamlar, lekin o‘zlari parcha nonga zor (to‘ldiruvchi ergash gaplar uyushgan). U bir og‘iz so‘zni shu qadar kuch bilan aytdiki, boshidagi oq tivit ro‘moli sirg‘alib yelkasiga tushdi va qoracha yuzi oqarib, shahlo ko‘zida g‘azab o‘ti alangaladi (A.Qahhor) (natija ergash gaplar uyushgan).
Shart, payt, o‘lchov-daraja, ega, sabab, ravish, to‘siqsiz kabi ergash gaplarning o‘zaro teng bog‘lanishida ham bog‘lovchi, ham tobelikni ko‘rsatib turuvchi grammatik shakl qatnashadi. Misollar: Dam qarasang, bir joyga to‘planib qolishadi; dam qiltiriq maxsum o‘tsa, orqasidan xavsirab qarab qo‘yishadi (A.Muxtor). Mazmun jihatidan har xil bo‘lgan birdan ortiq ergash gaplar bosh gapga alohida-alohida bog‘lanish yo‘li bilan birgalik ergashuvni tashkil qlish mumkin. Bunday ergash gaplar uyushmagan sanaladi. Masalan: Kuzda chakka o‘tgan shekilli, bir vaqtlar gul solingan devorlar nam bosib, bo‘yog‘i ko‘chib bushibdi (O‘.Hoshimov). Bu haqda o‘ylab ulgurmagan edim xamki, eshik ochilib, ostonada Sulaymon aka ko‘rindi (Oybek).
Keltirilgan misollarning birinchisida ikkita sabab ergash gap turli yordamchilar (shekilli, -(i)b) orqali bosh gapga birikkan.
So‘nggi misolda ham ikkita payt ergash gap ikki xil yordamchi (-(i)b, -may) orqali bosh gapga birikib kelgan.
Bir necha ergash gap bosh gapga ketma-ket ergashuv yo‘li bilan birikadi. Ergash gaplar biri ikkinchisiga ulanib, o‘z navbatida bosh gapga bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishda bosh gap oldidagi ergash gap birinchi darajali, undan oldingisi ikkinchi darjali va hokazo deb nomlanib ma’lum zanjirni tashkil qiladi.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan ko‘p komponentli qo‘shma gaplarda biriktiruvchi vositalarning qo‘llanishida quyidagi xususiyatlarni ko‘rish mumkin:
1) mazmunan bir xil bo‘lgan ergash gaplar bosh gapga fe’l formalari yordamida bog‘lansa, ergash gaplarning kesimlari bir xil formada bo‘ladi: Bahor kelsa, gullar ochilsa, dalalar chiroyli tusga kiradi;
2) mazmunan bir xil bo‘lgan birdan ortiq ergash gaplarni bosh gapga biriktiruvchi vositalar to‘liq ifodalanmasligi mumkin – oxirgi ergash gapning kesimi to‘liq ifodalanadi, oldingi ergash gaplarniki esa to‘liq ifodalanmaydi. Yomg‘ir yoqqan, yer bo‘kib yotgan bo‘lishiga qaramay, ular g‘o‘zapoya sug‘urishga tushishdi (Oybek). Yomg‘ir yoqqan bo‘lishiga qaramay, yer bo‘kib yotgan bo‘lishiga qaramay, ular g‘o‘zapoya sug‘urishga tushishdi. Mashrabning qismati achchiq, hayoti kemtiklarga to‘la bo‘lsa ham, u o‘z so‘zidan qaytmagan. Bu yer pastqam joy bo‘lgani, suvning narigi yogida, baland qiyalikdagi yolg‘izoyoq yo‘lidan boshqa ko‘chasi bo‘lmaganidan, atrofda hech kim ko‘rinmasdi. Agar bu qushlar sayrashdan, shoir g‘azal bitishdan, xonanda ashula aytishdan to‘xtagudek bo‘lsa, inson hayotning juda bebaho zavqi-shavqidan bebahra qolgan bo‘lar edi (R.Usmanov).
3) biriktiruvchi yordamchilar faqat bir ergash gap oldida kelib, ergash gaplar uchun umumiy bo‘lishi yoki har birida takrorlanishi mumkin: Bu do‘stlikda g‘araz va soxtalik yo‘q, chunki bu do‘stlikning muhtasham saroyini bir chiroq yoritadi, chunki bu do‘stlikning hamma daryolarida ham obi hayot oqadi... (H.Olimjon). Odamlar tinch uxlasin, ko‘cha-ko‘yda ularga hech kim ozor bermasin deb, aylanib yurishgandir (S.Zunnunova);
4) ko‘p komponentli qo‘shma gaplarda –(i)b ravishdosh formasi ko‘pgina biriktiruvchi vositalarga sinonim bo‘lib kelib, ular o‘rnida qo‘llanadi: Havo bulut bo‘lib, shamol qo‘zg‘algan bo‘lsa ham, yomg‘ir yog‘madi. -- Havo bulut bo‘lsa ham, shamol qo‘zg‘algan bo‘lsa ham, ...; Husayn Boyqaro bo‘yni tolib, ko‘zi yoshlanguncha tomosha qildi (Oybek) -- Husayn Boyqaro bo‘yni tolguncha, ko‘zi yoshlanguncha tomosha qildi.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling