Qo‘shma gaplar


O‘zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilsa, ko‘chirma gap


Download 53.33 Kb.
bet18/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
шпор

1. O‘zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilsa, ko‘chirma gap deyiladi: - Yashang, oshpaz! – kinoya bidlan qichqirdi O‘ktam. – Bilib qo‘yingki, dehqonchilikning qozoni boshqacha bo‘ladi: mehnatni ayamasangiz, barakasi osha beradi, tosha beradi» (Oybek).
Muallif gapi ko‘chirma gapning kimga qarashli ekanligini ko‘rsatadi.
2. Muallif o‘zganing gapi mazmunini saqlab, grammatik, leksik xususiyatlarini o‘zgartirib bayon qilib bersa, o‘zlashtirma gap deyiladi. Masalan: Astaxov chol bilan suhbat qilishni orzu qilganini, lekin qo‘li tegmaganinni aytdi.
Ko‘chirma gap
Ko‘chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko‘chirma gap bir so‘zdan, bir gap yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzasdan iborat bo‘lishi mumkin. Muallif gapi esa ko‘pincha ikki tarkibli birgina sodda gapdaan tashkil topadi; qo‘shma gap shakdida yoki bir tarkibli sodda gap shaklida deyarli qo‘llanmaydi. Misollar: «To‘g‘on buzilibdi. Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin» - deb buyurdi. Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin» - deb buyurdi Mahkamov (Oybek). «Hozir hosil uchun kurashning avji vaqti, - dedi O‘ktam jiddiy tus bilan, - yaxshi parvarish qilsang, g‘o‘zani ovqatdan, suvdan toliqtirmasang, kun sayin hosilga hosil qo‘shasan» (Oybek). U joy ko‘rsatib, mehribonlik bilan murojaat qildi: «Kelganingga xursandman». Ko‘chirma gapning kesimi fe’l, ot yoki boshqa turkum so‘zlari bilan ifodalana oladi, lekin muallif gapining kesimi hamma vaqt sof fe’l bilan ifodalanadi.
Ko‘chirma gapning bir necha o‘ziga xos xususiyatlari bor. Buyruq mazmunidagi ko‘chirma gapda ko‘pincha undalma ishtirok etadi va undalmali gapning fe’l kesimi buyruq mayli shaklida keladi: «O‘g‘lim, yaxshisi shuki, - dedi «Sakson» ota qo‘lini siltab, - qolgan ishga qor yog‘ar dgan qadimgi so‘zn unutma» (Oybek). Nortoy polvonga qichqirdi O‘ktam: «Hormang, polvon!» (Oybek).
Gapning mazmuniga qarab ko‘chirma gapning intonatsiyasi turlicha bo‘ladi: «Gap qiziqishda, - javob berdi Egamberdi, - chalasini kitobdan o‘qidim-da, to‘ppa-to‘g‘ri imtihonga bordim» (Oybek).»Nega xat-pat, telegramma yubormadingiz?» - dedi Jo‘ra(Oybek).
Ko‘chirma gapdagi intonatsiya uning o‘rniga qarab ham turlicha bo‘ladi. Agar u mualllif gapidan oldin kelsa, avtor gapidan ko‘ra kuchliroq ohang bilan aytiladi, avtor gapidan oldin qisqa pauza bo‘ladi: «Qizlar jamoasi bu,» - dedi Jo‘ra.
Ko‘chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, to‘liqroq pauza hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi: Jo‘ra dedi: «Qizlar jamoasi bu».
Agar muallif gapi ko‘chirma gapning o‘rtasida kelsa, u gap o‘rtasida kelgan kirish so‘z va kirish gaplarga o‘xshash past ohangda aytiladi: «Bu, - dedi Jo‘ra, - qizlar jamoasi».
Ko‘chirma gapda bayon qilingan fikrgina bildirilmay, balki hali ifoda etilmagan, faqat o‘ylangan – taxmin qlingan, fikr ham bildirilishi mumkin. Bunday gaplarda muallif gapining kesimi o‘yladi, dedi ichida o‘ziga-o‘zi kabi shakllarda ifodalanadi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko‘chirma gaplar fikrning tinglovchiga qaratilganligini ko‘rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko‘chirma gapda fikr so‘zlovchining o‘ziga qaratilgan bo‘ladi: Kolxoz yerining etagida yangi ochilayotgan yerga keta turib, o‘yladi ichida u: «Vatanni ofat tahlikaga solganda, qari-qartanglar ham so‘nggi kuchlarini bilakka yig‘ib fidokorolik ko‘rsatadilar...» (Oybek). «Nahotki rost bo‘lsa! – dedi ichida yigit... – Demak, kimning qo‘li uzun bo‘lsa, olmani o‘sha uzadi, debdi-da do‘stim» (Oybek).
Ko‘chirma gapda ba’zan biror predmetning «gapi» ham ko‘chirib berilishi mumkin. Bu holat asosan poetik asarlar uchun xos: Paxta deydi kulib tovlanib : «Sevgan kishi meni maqtasin» (Uyg‘un). Dalalar salomga qo‘lin cho‘zadi: «Marhamat, qardoshlar, aziz mehmonlar» (g‘.g‘ulom).

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling