Qo‘shma gaplar


Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan tur


Download 53.33 Kb.
bet17/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
шпор

Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan tur


Qo‘shma gaplarning komponentlari bir-biri bilan ba’zan ham bog‘lanish, ham ergashish orqali birikadi. Demak, ko‘p komponentli qo‘shma gaplarning bu turi bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarni o‘z ichiga oladi. Bunday gaplar aralash qo‘shma gap deb yuritiladi.
Aralash qo‘shma gapning ko‘proq uchraydigan turlariga quyidagilar kiradi: bir ergash gap va ikki bosh gap, ikki komponentli ergashgan qo‘shma gap va ikki komponentli bog‘langan qo‘shma gap, ikkita ergash gap va ikkita bosh gap va boshqalar.
O‘ZGA GAPLI QURILMA
So‘zlovchi hamma vaqt o‘z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’zan o‘zganing gapini ham o‘z nutqi ichida ishlatadi. O‘zganing gapini ifoda etuvchi shaxs muallif, uning gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallifning ma’lum shaxs fikrini o‘z nutqi ichida keltirishi o‘zganing gapi deyiladi. Gapi ifoda qilinayotgan shaxs so‘zlovchi sanaladi.
Ba’zan muallif gapi ham o‘zganing gapi shaklida beriladi. Bunda uning fikri o‘zganing gapi va muallif gapini biriktiruvchi grammatik vositalar ilan bog‘lanadi. Misollar: Men nima qilishimni bilmay: «Bu yoqda nima qilib yuribsiz?» - dedim. Mening yo‘qlab kelganimni ko‘rsa, dalda bo‘ladigan biron so‘z aytsam, zoraiki darmon bo‘lsa, deb kutdim (A.Qahhor).
U yoki bu shaxsning gapi faqat kishining gapi shaklidagina emas, balki qushlar, hayvonlar tovushi yoki ba’zi predmetlarning shovqini hamda ularga nisbatan ishlatiladigan undov va taqlidiy so‘zlar shaklida ham keladi: Jo‘ra darrov askarning yukini olib, xachirday katta, tuki yiltiragan, beldor eshakka ildam ortib, chizimcha bilan bog‘ladi-da, «Xix» deb bir turtdi va o‘zi elat bilan suhbatlashib, piyoda ketdi. Haligina pashsha «g‘ing» desa eshitiladigan jimjit hovli qiy-chuvga to‘ldi. Ashirmat «Shish-shish» deb eshagini to‘xtatdi (Oybek). Faqat buxgalteriya joylashgan xonadan cho‘t tovushi eshitilar edi: «shaq-shuq» (Oybek).
O‘zganing gapi turli xilda keladi. Bularning asosiy tiplari ikki xil: 1) ko‘chirma gap; 2) o‘zlashtirma gap.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling