3-§. Fonetik uslubiyat
1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
1) asir, devon kabi so`zlardagi tovushlarning noto`g`ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo`g`inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so`zlarni keltirish nutqiy g`alizlikni keltirib chiqaradi: So`zlarning gapda qo`llanishi va vazifalari...
2. Urg`uning uslubiy xususiyatlari
So`z urg`usining ko`chishi shu so`z ma’nosini o`zgartirishi mumkin: yangи́ kiyim(sifat) - я́ngi damlandi (ravish). Gapda ohangning o`zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo`lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so`zidan keyin to`xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.
GRAMMATIK USLUBIYAT. MORFOLOGIK USLUBIYAT
1-§. Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Kelishik qo`shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
Kelishik qo`shimchalari o`zaro almashib qo`llanishi mumkin:
1) –ni va –dan qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) oling, mehmon.
2) –ni va –ga qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim.
3) –ni va –da qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.
4) –ning va –dan qo`shimchalari almashib qo`llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
2-§. Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo`shimchasi o`rnida –mtir, -imtil, -ish qo`shimchalari qo`llanishi mumkin: ko`kroq – ko`kish, qoraroq – qoramtir.
Do'stlaringiz bilan baham: |