Qo‘shma gaplar


Download 53.33 Kb.
bet19/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
шпор

O‘zlashtirma gap
O‘zganing gapi o‘zlashtirma gap shaklida berilishi ham mumkin. Bunda muallif boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini o‘zgartirgan holda beradi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapdan intonatsiyasi va ayrim fe’l shakllarining ishlatilmasligi bilan ajralib turadi. Demoq fe’lining ko‘chirma gapda juda ko‘p ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o‘zlashtirma gapda deyarli qo‘llanmaydi. Uning o‘rnida bu gaplarda ko‘proq aytmoq, gapirmoq fe’llari ishlatiladi. Masalan: Astaxov chol bilan suhbat qilishni orzu qilganini, lekin qo‘li tegmaganinni aytdi(Oybek).
Bu misolda Astaxov aytdi – muallif gapi, chol bilan suhbatlashishni ko‘pdan buyon orzu qilganini, lekin qo‘li tegmaganini - o‘zganing gapi. Buning ko‘chirma gap shakli quyidagicha bo‘ladi: Astaxov aytdi: «Chol bilan suhbatlashishni ko‘pdan beri orzu qilaman, lekin qo‘lim tegmaydi», - dedi. «Chol bilan suhbatlashishni ko‘pdan beri orzu qilaman», lekin qo‘lim tegmaydi» - dedi Astaxov.
Ko‘chirma gap, o‘z tarkibida nechta gap borligidan qat’i nazar, o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, sodda gap holiga keltiriladi. O‘zlashtirma gapda muallif gapining bosh bo‘laklari (ba’zan ikkinchi darajali bo‘laklar ham) saqlanib, ko‘chirma gap birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi.
«Har soatni g‘animat bil», - dedi Sakson ota (Oybek). Bu ko‘chirma gap o‘zlashtirima gapga aylantirilsa, undagi ikki sodda gap (1. Sen har soatni g‘animat bil. 2. Sakson ota dedi ) bir sodda gapga, ko‘chirma gap esa birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi: Sakson ota har soatni g‘animat bilish kerakligini aytdi.
PUNKTUATSIYA
Punktuasiya (lotincha punctum so‘zidan olingan bo‘lib, nuqta ma’nosini anglatadi) yozuvdagi tinish belgilari tizimi, tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami, tinish belgilari demakdir. Punktuasiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy bog‘liq.
Punktuasiya asosi deyilganda, tinish belgilarining qo‘llanishi nimaga bog‘liqligi nazarda tutiladi.
O‘zbek tili iunktuasiyasining asosi o‘zbek tilining grammatik tizimi sanaladi.
Grammatik tizim nutqning mazmun, intonasion va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil etadi. Bu o‘zbek tili punktuasiyasining negizidir.
Tinish belgilarining qaysi usul bilan qo‘llanilishi iunktuasiya tamoyili hisoblanadi.
O‘zbek tili iunktuasiyasining tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mantiqiy-grammatik tamoyil. Bu tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutqning mazmuni, tuzilishi, intonatsiyasi bilan bog‘liq.

  2. Uslubiy tamoyil. Mazkur tamoyilda tinish belgilarining qo‘llanishi nutq uslubi bilan aloqador bo‘ladi.

  3. Differensiasiya tamoyili. Bunda tinish belgilarining qo‘llanishi yozuv texnikasini farqlash (differensiasiya qilish) bilan bog‘liq. Tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanish tizimi (masalan, gap boshida yoki oxirida ikki qo‘shtirnoqning baravar ishlatilishi) ham shu tamoyilga aloqador.

Tinish belgilari uch xil tasnif qilinadi:

  1. Qo‘llanish o‘rniga ko‘ra

  2. Qo‘llanish usuliga ko‘ra

  3. Tuzilishiga ko‘ra

Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra uch guruhga ajratiladi.

  1. Gap oxirida qo‘llanadigan tinish belgilari

  2. Gap ichida qo‘llanadigan tinish belgilari

  3. Aralash holda qo‘llanadigan tinish belgilari

Gap oxirida qo‘llanadigan tinish belgilariga nuqta, so‘roq belgisi va undov belgisi kiradi.


Gap ichida qo‘llanadigan tinish belgilariga vergul kiradi.
Aralash holda qo‘llanadigan tinish belgilariga nuqtali vergul, ikki nuqta, qo‘shtirnoq, qavslar kiradi. Bu tinish belgilaridan tire gap boshida va o‘rtasida; ikki nuqta, nuqtali vergul gap o‘rtasida va oxirida; ko‘p nuqta, qo‘shtirnoq va qavs gap boshida, o‘rtasida va oxirida ishlatiladi.

Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:



  1. Yakka holda qo‘llanadigan tinish belgilari

  2. Yakka va qo‘sha qo‘llanadigan tinish belgilari

Yakka holda qo‘llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari yakka va qo‘sha qo‘llanadi.
Tinish belgilari tuzilishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

  1. Bir elementli tinish belgilari

  2. Ko‘p elementli tinish belgilari

Bir elementli tinish belgilariga vergul, nuqta, tire kiradi. Qolgan tinish beelgilari ko‘p elementlidir.

Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:



  1. Darak gap oxirida: Adabning yuqori bosqichi go‘zal xulqdir. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  2. Tinch ohang bilan aytilgan buyruq gap oxirida: O‘zing himmatli bo‘l, ota-bobong himmatini so‘zlab mag‘rurlanma. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”.)

  3. Remarka tipidagi gap oxirida: Zargarov. Tinch kelib ketadi degin? Shundoq bo‘lsa ham nasihat qilib, etini o‘ldirib, undan keyin meni chaqirgin. Men uyda bo‘laman. (Chaqmoqchi bo‘ladi.) (A.Qahhor.)

  4. Numerativlar bilan ko‘rsatilgan sanaluvchilar oxiriga: Gaplar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. Sodda gaplar.

  2. Qo‘shma gaplar.


Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling