Qo‘shma gaplar


Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar


Download 53.33 Kb.
bet15/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
шпор

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi predmet belgisini ko‘rsatuvchi aniqlovchining ma’nosini konkretlashtirib, izohlab keladi. Misol: Shunday orzuyim borki, uning kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaring bitilgay. (P.Qodirov). Murodxo‘ja domlaga shunday kishi uchradiki, unga o‘qish uchun emas, faqat ishlash uchun sharoit kerak. (A.Qahhor).
Yuqoridagi misollarda bosh gapdagi shunday so‘zi ot oldida kelib, predmetning belgisini ko‘rsatuvchi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelib, uning ma’nosi keyingi gap tomonidan izohlanib, konkretlashtirilib berilmoqda. Bosh gapdagi predmet belgisini ko‘rsatuvchi so‘zning (ya’ni aniqlovchining) ma’nosi keyingi gap (ergash gap) tomonidan izohlab berilgani uchun ham bunday qo‘shma gaplar aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Fe’lning shart mayli shakli orqali birikishiga misollar: Qaysi ishda el qatnashsa, u ish o‘lmas, tirikdir. Qaysi bir oilada o‘zaro hurmatu, shirin so‘z odat bo‘lsa, u xonadon doimo fayzga to‘laveradi. Qaysi narsa seni qiziqtirsa, shu narsani men ham yoqtiraman. Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning ishi rivoj topadi.
Qismlari fe’lning shart mayli shakli orqali birikadigan aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibida biriktiruvchi vosita vazifasida nisbiy so‘zlar ham ishtirok etadi. (Yuqoridagi misollarda qaysi –u, kimning – uning nisbiy so‘zlari ishtirok etgan).
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapning fe’lning shart mayli shakli orqali birikadigan bu turi –ki vositasi bilan birikkan qo‘shma gapdan farq qiladi. –sa affiksi bilan birikkan aniqlovchi ergash gaplarda shart ma’nosi sezilib turadi. Bu gapda qaysi so‘zi tushirilsa, shart ma’nosi aniq anglashiladi: Kishi tirishib o‘qisa, ko‘p narsani biladi. Qaysi so‘zining aniqlanmishi bilan tushirib qoldirilib, uning o‘rniga so‘roq olmoshi ishlatilsa, ega ergash gapli qo‘shma gap hosil bo‘ladi: Qaysi kishi tirishib ishlasa, u kishi mehnatda ilg‘or bo‘ladi. – Kim kirishib ishlasa, u mehnatda ilg‘or bo‘ladi.



Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling