Qo‘shma gaplar
Ravish, daraja-miqdor, payt, o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
Ravish, daraja-miqdor, payt, o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar.
Ravish ergash gap bosh gapdagi fe’l-kesimdan anglashilgan harakatning yoki butun bir gapdagi voqea-hodisaning qay tarzda yuzaga kelishini bildiradi. Misol: Husni to‘lib ochilur bahor (H.Olimjon). Osmon targ‘il tus olib, jala quya boshladi. (S.Ahmad). Sutdek oppoq nur yeru-ko‘kni siypalab o‘tib, ketidan momaqaldiroq gumbirladi. Yuqoridagi misollardan ravish ergash gaplar bosh gapdagi voqea-hodisalarning qay holda yuzaga kelganligini bildirgan. Ravish ergash gapning kesimi ko‘pincha fe’lning –i(b) affiksli ravishdosh shakli bilan ifodalanadi. Ravishdoshning bu shakli faqat ravish ergash gaplarning emas, balki boshqa ergash gaplarning ham, hatto bog‘langan qo‘shma gaplardagi sodda gapning ham kesimi bo‘lib keladi: Daraxt yaproqlari sarg‘ayib, ariqlarda xazon uyumlari oqib keldi. (A.Muxtor). Ichkarida ashula tugab, shovqinli kulgi ko‘tarildi. (A.Muxtor). Shiyponlar oqlanib, uning devorlariga paxtadan olinadigan daromadlar yozildi (S.Ahmad). rsatadi va komponentlar orasida teng bog‘lovchini quyib ishlatib bo‘lmaydi. Ravish ergash gapli qo‘shma gaplar ravishdosh oborotli sodda gaplardan farq qiladi. Masalan: 1. Namoyishga askar tortib, to‘pu-to‘pxonani ortib, yashin tug‘ni pirpirlatib, shu zamon askar jo‘nadi. (Islom shoir). 2. Salqin shabada gulzorlardan charx urib, gullarning xidini o‘g‘irlab qochmoqda. (Mirtemir). 3. ...Otasining savlati bosib, hayo g‘olib kelib, nima deyarini bilmay turibdi.(E.J. Ravishdosh oborot mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Paytni ifodalab, qachon?, qay vaqtda?, qachongacha? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Masalan: U meni ko‘rib, yugurib keldi. Yoki: meni ko‘rgach, yugurib keldi. Bunday ravishdosh oborotlar ifodalagan ma’noni boshqacha sintaktik konstruksiyalar bilan ham ifodalash mumkin: Mehmonni ko‘rib, shoshib keldi. Mehmonni ko‘rgach, shoshib keldi. Mehmonni ko‘rgani uchun shoshib keldi. Mehmon ko‘ringanligi sababli shoshib keldi. Mehmonni ko‘rdi-da, shoshib keldi. Misoldan ko‘rinadiki, payt ma’nosini ifodalovchi ravishdosh oborot ba’zan sabab ma’nosini ham ifodalaydi. 2. Holat ma’nosini ifodalab, qanday?, qanday qilib? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘lib keladi: Bo‘yingga qarab to‘n bich. (Maqol). Navisandalar sovuqdan qo‘llarini puflab-puflab engashib yozuv yozardilar. (Oybek). 3. Sabab ma’nosini ifodalab, nima uchun?, nima sababdan?, nimaga? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi: U kasal bo‘lib, o‘qishga kela olmadi. Sizni ko‘rgim kelib shaharga tushdim. Sabab ma’nosini ifodalovchi ravishdosh oborot ham fikr talabiga muvofiq turli shaklda, gapning turli o‘rinlarida kelishi mumkin. Kasal bo‘lib kela olmadi; Kasal bo‘lgani uchun..., kasal bo‘lgani sababli... Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling