Qo‘shma gaplar
Ergash gap bosh gapga fe’lning –ganda ham (-yam)
Download 53.33 Kb.
|
шпор
2. Ergash gap bosh gapga fe’lning –ganda ham (-yam) affiksli sifatdosh shakli vositasida birikadi. Bunday qo‘shma gaplarda bosh gapdagi mazmun ergash gapdagi payt va shartga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelish payti kutilmagan vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunday gaplar ba’zan qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Misollar: Bu haqda Nosirov gapirgan, bu faktni tahlil qilib berganda ham, Saida e’tibor qilmagan edi (A.Qahhor).
3. Ergash gap bosh gapga ba’zan –ganqda shakli yordami bilan birikadi: Buxgalterimiz stoli ustida endi asalari ham uchmas, uchgan-da, buxgalter ularga qaramas edi. Bordiyu rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda-da, bu juda xunuk gap-ku (A.Qahhor). 4. Ergash gap bosh gapga –gani bilan shakli yordamida birikadi: Lablari kulmoqchi bo‘lgani bilan, qovoqlari osig‘liq edi (S.Ahmad). Opasi nasihat qilgani bilan, qiz bunga ko‘nmadi. Quyosh hamma yerga bir xil nur sochgani bilan, bog‘da gul, cho‘lda yantoq ko‘karadi. (Navoiy) U juda ko‘p mehnat qilgani bilan, ishning natijasi ko‘rinmasdi. 5. To‘siqsiz ergash gapning kesimi bo‘lishsiz shakldagi buyruq-istak fe’llari bilan ifodalanib, bunday ergash gaplar tarkibida qancha, har qancha, qanchalik, qanday kabi so‘zlar ishtirok etadi: Ona har qancha qistamasin, O‘ktam tong otgandan so‘ng qalin, yumshoq to‘shakda taltayib yotgisi kelmadi (Oybek). Ona ishdan qanday o‘y, qanday tashvish bilan qaytmasin, shu qizlarini ko‘riboq ko‘ngli yozilar edi (A.Muxtor). Qunduzxon o‘zini har qancha tutishga urinmasin, og‘ir yo‘qotishning azobi uni qiynar, ezar edi (S.Ahmad). Qanday hodisa yuz bermasin, biz sabr va iroda bilan hammasini yengamiz. 6. To‘siqsiz ergash gap bosh gapga qaramay, qaramasdan so‘zlari vositasida bog‘lanadi. Bunday qo‘shma gaplarda ergash gapdagi voqea-hodisa muhim bo‘lishga qaramay, bosh gapdagi hodisa yuzaga kelishi bayon qilinadi. Masalan: Martabasi ulug‘ bo‘lishiga qaramasdan, eng yaqin do‘stday g‘amxo‘rlik qilgan (A.Qahhor). Namgarchilik yerning bag‘ri-bag‘riga singib ketganiga qaramay, ko‘chalar serqatnov (S.Zunnunova). Havo ochiq bo‘lishiga qaramay, qizlarning bir nechasi boshlarini eski yuz pardalar bilan o‘rab maktabga kelishadi («Choliqushi»). 7. Ba’zan ergash gap bosh gapga fe’lning –(i)b affiksli ravishdosh shakli vositasida bog‘lanadi. Bunday qo‘shma gaplardagi bosh gapning kesimi ko‘pincha inkor shaklda bo‘ladi. Ergash gapning ravishdoshi bilan ifodalangan kesimdan so‘ng ham yordamchisi qo‘shib ishlatilishi mumkin. Misollar: Chiroq o‘chib, biz qorong‘ida qolmasmiz (S.Ahmad). Reja to‘lib, biz ishni to‘xtatib qo‘ymadik. Yanvar oyi kirib ham, havoda bironta bulut ko‘rinmaydi. 8. To‘siqsiz ergash gapning kesimi o‘tgan zamon sifatdoshi va holda so‘zining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan shakli orqali bosh gapga bog‘lanadi. Misollar: Oftob tovlanib turgani holda, yomg‘ir yog‘moqda edi. 9. Ergash gap bosh gapga fe’lning aniq o‘tgan zamon shakli -hamki yordamida birikadi: Oradan ikki oy o‘tdi ham-ki, inspektor chiqmadi (A.Qahhor). «Bulbuli go‘yo» ancha kutdi ham-ki, Saidiy javob bermadi (A.Qahhor). Kun yoyildi ham-ki, Murod qo‘ra eshigini hali ochgani yo‘q. Mozordan hamma tarqadi ham-ki, u ketmadi. 10. To‘siqsiz ergash gapning kesimi bo‘lishli va bo‘lishsiz holda takrorlangan buyruq, shart maylidagi fe’l bilan ifodalanadi: Kambag‘al dehqonga nafini tushintirsangiz, tshintirmasangiz, o‘zimiz bilib turibmiz (A.Qahhor). Xoh ishoning, xoh ishonmang, kattaligi uyday keladi (A.Qahhor). 11. Ba’zan ergash gapning kesimi shart va aniqlik mayli shaklida takrorlangan fe’l bilan ifodalanadi: Xotin kishining yuragidan farzand dog‘i ketsa-ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi (A.Qahhor). 12. Ba’zan to‘siqsiz ergash gap bosh gapga faqat fe’lning shart mayli shakli vositasida birikadi. Bunday qo‘shma gaplarda ko‘pincha ergash gapning kesimi bo‘lishlilikni, bosh gapning kesimi esa unga zid mazmunni – bo‘lishsizlikni ifodalaydi. Bu holat asosan she’riyatda uchraydi. Masalan: ... Qilich solsa, to‘g‘ralmayman, o‘lmayman: o‘q qadalsa (H.Olimjon). Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling