Qo‘shma gaplar


Ergashgan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar


Download 53.33 Kb.
bet6/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
шпор

Ergashgan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar
Ergashgan qo‘shma gap komponentlarini biriktirishda ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’l shakllari, yuklamalar, ko‘makchilar, bog‘lovchi so‘zlar, nisbiy so‘zlar, kelishik qo‘shimchalari, -day(-dek) affikslari, intonatsiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi.
O‘zbek tilida ergash gap bosh gapga asosan ikki yo‘l bilan birikadi: bog‘lovchi vositalar bilan ergashish va bog‘lovchi vositalarsiz ergashish.
Sof bog‘lovchilar orqali birikish. –ki bog‘lovchisi ergash gapni bosh gapga biriktirib keladi. Ergash gap tomonidan izohlangan bo‘lak ko‘pincha olmosh bilan ifodalanadi yoki olmosh bilan ifodalangan bo‘lak «tushib qoladi».
-ki bog‘lovchisi qo‘shilgan bosh gapning ayrim bo‘laklari turli olmoshlar (ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari) yoki mazmunan konkretlik talab qiladigan boshqa so‘zlar (ayrim, ba’zi, bir kabi) orqali ifodalanib, ergash gap tomonidan izohlanib keladi. Ko‘pincha bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshining sintaktik vazifasiga qarab ergash gapning turi belgilanadi va nomlanadi. Shuni unutmangki, kitob kishining do‘stidir (shuni olmoshi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan). Bizda shunday odat borki, o‘zidan kichikni ham sizsiraydilar (shunday olmoshi sifatlovchi bo‘lib kelgan) va hokazo.
Bog‘lovchi-yuklama orqali birikish. Agar, bordi-yu, basharti, modomiki, garchi kabi yordamchilar vazifasiga ko‘ra ham bog‘lovchilarga, ham yuklamalarga o‘xshaydi. Ular tobe birikmalar va ergash gaplar tarkibida qo‘llanib, ulardagi shart, to‘siqsizlik yoki boshqa ma’nolarni kuchaytiradi. Bu yordamchilarning o‘zigina hech qanday ergash gapni bosh gapga bog‘lay olmaydi. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi asosiy vosita grammatik shakl, fe’lning shart mayli shaklidir. Agar ergash gapning kesimi fe’lning shart mayli shaklida qo‘llanmagan yoki shart fe’liga sinonim bo‘lgan ayrim fe’l formalari orqali ifodalanmagan bo‘lsa, yuqoridagi yordamchilarning o‘zi ergash gapni bosh gapga bog‘lay olmaydi. Bunday yordamchilar kesimlari shart mayli shaklida kelgan ergash gaplarning mazmunini kuchaytirib, bo‘rttirib beradi. Shuning uchun bunday yordamchilar bog‘lovchi – yuklamalar deyiladi. Ba’zan bu so‘zlar ergash gaplarning tiplarini belgilashda asosiy rol o‘ynaydi. Kesimi fe’lning shart mayli shaklida kelgan ayrim qurilmalarni shart ergash gap, payt ergash gap yoki ergash gapning boshqa turi ekanligini ayirib beradi.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling