Qo‘shma gaplar


a) hech qanday ma’no ifodalamay, faqat bog‘lovchi bo‘lib ishlatiladigan so‘zlar: va, ham(da), na-na, yo-yo, lekin, ammo, biroq kabi. b)


Download 53.33 Kb.
bet4/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
шпор

a) hech qanday ma’no ifodalamay, faqat bog‘lovchi bo‘lib ishlatiladigan so‘zlar: va, ham(da), na-na, yo-yo, lekin, ammo, biroq kabi.
b) ham bog‘lovchi, ham mustaqil so‘z vazifasida ishlatiladigan so‘zlar: ba’zan-ba’zan, goh-goh, dam-dam kabi.
Ma’lumki, birinchi turdagi teng bog‘lovchilar teng huquqli qismlarni (uyushiq bo‘laklar va bog‘langan qo‘shma gap qismlarini) bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladi va hech qanday ma’no ifodalamaydi. Misol: O‘zbek oyim o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar (A.Qodiriy). Aytish oson, lekin mone’likni bartaraf etmoq mahol (Oybek). Yaxshilik qilmoqqa menda na yo‘l bor, yomonlik qilmoqqa na ixtiyor bor.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari yuqorida aytilganidek, asosan, tenglanish intonatsiyasi (sanash ohangi) bilan aytiladi. Mazmun munosabatining turlichaligiga qarab intonatsiya ham o‘zgaradi.
Misol: Ko‘rsatma berlidi va biz ishni boshlab yubordik. Hamma yig‘ildi, lekin mashg‘ulot hali boshlanganicha yo‘q.
Berilgan misollarda komponentlar orasidagi intonatsiya turlichadir.
Bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi kesimlar ba’zan bir xil so‘z bilan ifodalanganidan, ayrim vaqtda ularning biri ellipsis hodisasiga uchrashi (qo‘llanmasligi yoki tushib qolishi) mumkin. Bunday hodisa ko‘pincha komponentlari galma-gal yuzaga keladigan voqea-hodisani ifodalovchi komponentlar orasida, inkorni bildiruvchi qismlar orasida, ayrim vaqtda qiyoslash mazmunini ifodalovchi (tarkibida esa, bo‘lsa yordamchi so‘zlari ishtirok etgan) qo‘shma gaplar tarkibida sodir bo‘ladi. Misol: 1) Davolanishga na dorisi bor, na darmoni. 2) Kimsandan na xat bor, na xabar. 3) Akam o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, opam esa shifokor.
Misollarning birinchi va ikkinchisida so‘nggi komponentning kesimi bor so‘zi qo‘llanmagan, uchinchisida esa keyingi komponentdagi sostavli kesimning so‘nggi qismi –bo‘lib ishlaydi qo‘llanmagan.
Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday qo‘shma gap komponentlari orasida voqea-hodisaning bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelganligi ifodalanadi. Biriktiruv munosabatli qo‘shma gap qismlari bir-biri bilan va, ham(da) bog‘lovchilari va shu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanadigan –u(yu), -da yuklamalari orqali birikadi.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling