Qo‘shma gaplar


O‘rin ergash gapli ko‘shma gaplar


Download 53.33 Kb.
bet14/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
шпор

O‘rin ergash gapli ko‘shma gaplar
O‘rin ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning sodir bo‘lish, ish-harakatning bajarilish (boshlanish yoki yo‘nalish) o‘rnini bildiradi. Misol: Qaerda aql bo‘lsa, shu yerda qudrat barqaror. Qaerda adolat, tinchlik, osoyishtalik bo‘lsa, shu yerda odamlar baxtiyor hayot kechiradilar. Qaerda bekorchilik bor bo‘lsa, u yerda noxush ishlar ko‘p bo‘ladi. Qaerda suv mo‘l bo‘lsa, o‘sha yerda tabiat go‘zal bo‘ladi.
O‘rin ergash gap bosh gapga shart mayli, buyruq mayli shaklidagi fe’l yoki to‘liqsiz fe’lning ekan shakli orqali bog‘lanadi. Bunda o‘rin ergash gap tarkibida qaerda, qaerga, qayga kabi nisbiy so‘zlar, bosh gap tarkibida esa u yerda, shu yerda, o‘sha yerda, shu yerga, shu yerdan kabi nisbiy so‘zlar ishtirok etadi.
To‘ldiruvchi va aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchining yoki qo‘llanmagan to‘ldiruvchining mazmunini izohlab keladi.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi fe’l kesimlari orqali ifodalangan harakatning obyektini izohlaydi. Misol: Shuni bilingki, haqiqat egiladi, lekin hech qachon sinmaydi. Shuni unutmangki, halol mehnat bilan kun kechiradigan odam hech qachon xor bo‘lmaydi. Keltirilgan misollarda bosh gaplarning fe’l-kesimlari -- bilingki, unutmangki so‘zlarining obyekti to‘ldiruvchi ergash gap orqali izohlangan, konkretlashtirilgan.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan ko‘rsatish olmoshi – shuni so‘zining ma’nosini ochib bergan.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapda qo‘llanmagan to‘ldiruvchining ma’nosini ochib berishi mumkin. Bunday holatda bosh gapning fe’l kesimlari o‘timli fe’llar bilan ifodalangan bo‘lib, shu fe’l kesim orqali ifodalangan qo‘llanmagan, tushib qolgan to‘ldiruvchining ma’nosini konkretlashtiradi. Misol: Muyassar yaxshi bildiki, oson ishda lazzat bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, Zaynab to‘g‘ri aytadi. (A.Qodiriy). Ishonamanki, u yerda sizni yaxshi kutib olishadi. (Oybek). U yaxshi sezdiki, til haqidagi gaplari shogirdlariga xush yoqdi.
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin. Ergash gap bosh gapga –ki, -ku, -mi vositasi bilan bog‘lansa, bosh gapdan keyin keladi. Kesimi shart mayli shaklida ifodalangan ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Siz shuni bilingki, xalq o‘z ishini bo‘lib qiladi. (Oybek). Uydagilar nimani buyursalar, shuni bajar, gaplariga quloq sol. (H.Hakimzoda). Necha marta tushuntirdim-ku, parashyut bilan uchib tushadi, deb (Oybek). Ko‘rdingizmi, uning so‘zlari qanday zahar!

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling