Qo‘shma gaplar
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Intonatsiya. Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim tur, Ergashgan qo‘shma gapga sinonim tur. Ergashgan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz qo‘llanish holatlari. Qo‘shma gaplarni mazmun munosabati va biriktiruvchi yordamchilarning ishlatilishiga qarab ikki asosiy guruhga (bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga) bo‘lib tekshirgan edik. Qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikkan ko‘rinishlari yuqoridagicha guruhlashtirishning bir turi emasligi haqida ham ma’lumot berilgan edi. Yordamchilarsiz birikkan qo‘shma gaplarning komponentlari o‘zaro bog‘lovchilarsiz yoki bog‘lovchi vazifasidagi grammatik vositalarsiz faqat intonatsiya bilangina birikib, sintaktik butunlikni hosil qiladi. Bunday qo‘shma gaplarni tarkibidagi komponentlarning o‘zaro munosabatiga qarab bog‘langan yoki ergashgan qo‘shma gap deb bo‘lmaydi. Chunki, bunday qo‘shma gaplar ba’zan tuzilish jihatidan bog‘langan qo‘shma gapga, mazmunan esa ergashgan qo‘shma gapga o‘xshaydi: Kitobni sevingiz, u barcha fikrlarni to‘la anglashingizga yordam beradi. Bu gapdagi komponentlar yordamchilarsiz, faqat intonatsiyaning o‘zi bilangina bog‘langan. munosabati jihatidan ikki xil bo‘ladi: 1) teng qismli qo‘shma gap; 2) tobe qismli qo‘shma gap. Bunday qo‘shma gapning birinchi turida uning qismlari bir-biri bilan mazmunan teng munosabatda bo‘ladi va o‘zaro tenglik intonatsiyasi orqali birikadi. Shu jihatdan bog‘langan qo‘shma gapga o‘xshaydi. Farqi shundaki, predikativ qismlar orasida teng bog‘lovchilar qo‘llanmaydi: Soat o‘n birlarda ular vodiyga kirib keldilar, bir-biriga tutash qishloq ko‘chalari boshlandi (A.Muxtor).Turg‘unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so‘nggilari esa uni vahimaga soldi (A.Qahhor). Yordamchilarsiz birikkan qo‘shma gapning bu turi bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlariga sinonim bo‘la oladi. Misollarni qiyoslaylik: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. Unsin bibi qiziga gapirmoqchi bo‘lmadi, ammo qizining o‘zi ona yuragini ochishga majbur qildi (Oybek). Goho mayin kuy yangrar, goh yoshlarning sho‘x qahqahasi eshitilib qolar edi. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida komponentlarni biriktiruvchi teng bog‘lovchilarni (va, ammo) tushirib qoldirib, yordamchisiz qo‘llash mumkin. Lekin, uchinchi gapdagi bog‘lovchini tushirsak, qo‘shma gapning mazmuni o‘zgaradi; to‘rtinchi gapda esa bog‘lovchini umuman tashlab bo‘lmaydi. Demak, yordamchi vositalarsiz birikkan qo‘shma gapning bu turi biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari qatnashadigan bog‘langan qo‘shma gaplargagina sinonim bo‘la oladi. Bog‘lovchilarsiz birikkan qo‘shma gaplarning teng qismli turida komponentlarning zich bog‘lanishini yana quyidagi holatlar ham ta’minlaydi: a) predikativ qismlar uchun umumiy bo‘laklar ishlatiladi. Ba’zan bunday qo‘shma gap tarkibidagi o‘rin, payt hollari, eganing aniqlovchisi, to‘ldiruvchi birgina komponentga oid bo‘may, balki qo‘shma gapning har ikki komponenti uchun umumiy bo‘ladi: Sobirning yuragi gupillaydi, oyoqlari qaltiraydi (Oybek). O‘ktamning niyati xolis, qadami toza (Oybek). Bir ozdan so‘ngg muzika chalinadi, o‘yin boshlanadi. Mevaga qorning ham to‘yadi,etaging va savating ham (Oybek). Undalmalar ham qo‘shma gapning komponentlari uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Bunda qo‘shma gapdagi fikr undalma bilan ifodalangan shaxsgagina qaratiladi: o‘amnok bo‘lmang, men boraman, onajon (Islom shoir ); b) bunday qo‘shma gapning komponentlarini mazmun va grammatik jihatdan bog‘lashda olmoshlar ham ma’lum rol o‘naydi. Masalan, oldingi komponentdagi biror bo‘lak o‘rnida keyingi gapda kishilik olmoshi ishlatilib, ikki predikativ qismning bog‘lanishini ta’min etadi: Hamma yoqni jaranglatib Ukraina bulbuli sayraydi, uning sayrashiga osmondagi oy ham quloq solib turganga o‘xshaydi. (G.) Madamin ko‘cha chetida domlani kutib serrayib turar, uning ko‘zlari och bo‘rining ko‘zlariday yaltirardi (P.Tursun). Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling