Qo‘shma gaplar


Ega va kesim ergash gapli qo‘shma gap


Download 53.33 Kb.
bet7/26
Sana03.02.2023
Hajmi53.33 Kb.
#1148177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
шпор

Ega va kesim ergash gapli qo‘shma gap;


Nisbiy so‘zlar ham ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vositalarning biri bo‘lib, u ko‘pgina ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash vazifasini bajaradi. Nisbiy so‘zlar ko‘pincha fe’lning shart mayli shakli yoki shu vazifadagi vositalar orqali birikadigan ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanadi. Ko‘pincha nisbiy so‘zlar bir xil kelishik qo‘shimchalarini olib, bir-biriga moslashib keladi. Nisbiy so‘zlar mos holda yoki moslashmay kelishidan qat’iy nazar, u bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan yoki shu so‘z bilan birga kelgan bo‘lakni izohlaydi.
Tarkibida nisbiy so‘zlar qo‘llangan ergashgan qo‘shma gap qismlarining o‘rinlashishi ancha qat’iydir. Ularning o‘rnini o‘zgartirib, «bosh gap – ergash gap» holida qo‘llash ancha qiyin.
O‘zbek tilida nisbiy so‘zlar shaxsga, predmetga, o‘ringa yoki miqdorga ko‘ra munosabatlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra ularni quyidagicha gruppalash mumkin:
a) shaxs bildiruvchi nisbiy so‘zlar: kim-, qaysi biri- u (o‘sha), har kim – u; qay biri - o‘shanisi;
b) predmet bildiruvchi nisbiy so‘zlar: nima – shu, nima - o‘sha;
v) o‘lchov-miqdor bildiruvchi so‘zlar: qancha – shuncha, nechta – shuncha;
g) belgi-daraja bildiruvchi nisbiy so‘zlar: qanday – shunday, nechog‘lik – shu darajada, qay darajada – shu darajada;
d) o‘rin bildiruvchi nisbiy so‘zlar: qaer – shu yer, qay tomon – shu tomon.
Shaxs bildiruvchi kim – u (o‘sha, shu) so‘zlari ko‘pincha ega ergash gapli qo‘shma gapda moslashgan holda qo‘llanadi. Predmet bildiruvchi nima – shu (o‘sha, shu) so‘zlarining qo‘llanishida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud.
ergashgan qo‘shma gapning bosh gapi tarkibida kelib, ergash gap tomonidan izohlanadi. Shuning uchun bunday so‘zlarni izohlanuvchi so‘zlar deb ataymiz. Izohlanuvchi so‘zlar ishtirok etgan qo‘shma gapning qismlari ko‘pincha –ki orqali birikadi. Izohlanuvchi so‘zlar vazifasida ko‘pincha shu ko‘rsatish olmoshi va ba’zi, ayrim, hech bir, bir, har kabi so‘zlar ishlatiladi. Izohlanuvchi so‘zlar bosh gapda qaysi vazifani bajarsa, uni izohlab kelgan ergash gap ham shu funksiyani bajaradi va shunga mos nom bilan ataladi: Sizdan oxirgi iltimosim shuki, bu yerdan tezda keting. (A.Qahhor). Shuni bilingki, uyushqoqlik, do‘stlik ko‘pgina muvaffaqiyatlarimizning garovidir. Biz shunday ishlaymizki, hamma qoyil qolsin. Ertalabki shamol daryo bo‘ylab shunday esdiki, xuddi tinch oqayotgan suvning tekis yuzi burilib ketganday bo‘ldi. (Oybek). Hali onaxonning bilmagani shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rinadi. (A.Muxtor.). Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi.

Download 53.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling