Qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘siqsiz va natija ergash gapli qo‘shma gaplar
- –sa, -ganda
- –sa ham (-da)
- –sa ham (-yam
b) emoq to‘liqsiz fe’li bilan birga kelib, zamonga munosabat bildiradi. Misol: Mening birdan bir maqsadim shu ediki, sening baxtli hayot kechirishingni ko‘rish. Yana ham qayg‘uli tomoni shu ekanki, ayrim sirlarni onasiga aytib qo‘yishimdan qo‘rqipti. («Choliqushi»).
v) shu olmoshi o‘rin-payt kelishigi affiksi bilan birga qo‘llanadi. Misol: Olimning donoligi shundaki, u hech qachon bilmaganini bildim demaydi. Asl maqsad shundaki, oramizda bironta loqaydlar bo‘lmasin. Qizig‘i shundaki, bunga dadam aralashgan ekanlar. (O.Yoqubov). shu ko‘rsatish olmoshi –day affiksi bilan birga qo‘llangan holda ergash gap tomonidan izohlanadi. Misol: Abdulla Qodiriyning ijodi shundayki, yozuvchi xalqimizning o‘tmish tarixini juda mohirlik bilan tasvirlay olgan. Uning odati shundayki, bizning muomala madaniyatimizni sevadi. To‘yda odat shundayki, uyga adashib kelgan mehmon ham ko‘chadan qaytmaydi. Ayrim vaqtda kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning bosh gap qismida ayrim so‘roq olmoshlar kesim bo‘lib kelib, ularning ma’nosi ergash gap tomonidan izohlanadi. Misol: Sen kimsanki, ko‘pchilikning fikriga qarshi turasan. Kesim ergash gap ega ergash gapga o‘xshash ba’zan bosh gapda qo‘llanmagan kesim vazifasini bajaradi. Bunday bosh gaplarda zarur, muhim, yaxshisi, sababi kabi so‘zlar kesim vazifasida kelgan bo‘ladi. Ergash gap shu so‘zlarga kesim bo‘lib keladi: Naimiy bu e’tiqodli musulmondan hamon shubhalanar, eng muhimi – uning asosiy gapni hadeb has-po‘shlab, chap berayotganidan toqatsizlanar edi (A.Muxtor). Yaxshisi, bu gaplarni yig‘ishtirib qo‘yib, odamlarning oldiga bor. Yaxshisi, bu to‘g‘rida o‘ylamay qo‘ya qoling (S.Ahmad). Qayta-qayta ezmalanishimning sababi, yaxshi xotin kishiga yordam qiladi, ro‘zg‘oringni obod qiladi demoqchiman (S.Ahmad). To‘siqsiz va natija ergash gapli qo‘shma gaplarTo‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap va ergash gapdagi mazmun bir-biriga zid bo‘lsa ham, shu zidlik – to‘siqqa qaramay, bosh gapdagi voqea-hodisa yuzaga kelganligi ifodalanadi. Bunday qo‘shma gaplarda bosh gap ergash gapning natijasini bildirmaydi.To‘siqsiz ergash gap mazmuni va tuzilishi jihatidan shart ergash gapga juda yaqin. To‘siqsiz ergash gapning bosh gapga bog‘lanishida ham –sa, -ganda kabi grammatik shakllar ishtirok etadi. Shu bilan birga, bunday gaplarda to‘siqsizlik ma’nosini ifodalash uchun grammatik shakllardan keyin ham, -da yordamchilari qo‘shilib keladi. Odatda, shart ergash gaplarda ergash gap shartni, bosh gap esa uning natijasini bildiradi. To‘siqsiz ergash gaplarda esa bosh gap ergash gapdagi shartga asoslangan natijani emas, shartsiz natijani, bosh gapning natijasiga qarama-qarshi sababni bildiradi: Qiyos uchun misollar keltiramiz: Ko‘rsatma berilsa, ishni boshlab yuboramiz. Taklif qilishsa, biz albatta yig‘ilishda qatnashamiz. Bu misollardagi shart ergash gaplar bosh gapdan oldin kelib, bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelishi uchun lozim bo‘lgan shartni ifodalaydi. Ya’ni «ishni boshlash uchun ko‘rsatma berilishi kerak ekanligi» «yig‘ilishda qatnashish uchun taklif bo‘lishi shart» ekanligi anglashilyapti. Boshqacha qilib aytganda, shart ergash gapdagi voqea-hodisa –A ro‘yobga chiqsa, bosh gapdagi voqea-hodisa –B bajarilishi (A bo‘lsa, B ham yuzaga kelishi) ifodalanadi. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarga misollar keltiramiz. Bug‘doy noning bo‘lmasa ham, bug‘doy so‘zing bo‘lsin (Maqol) Tuyaning dumi kalta bo‘lsa ham, tulkidan dum so‘ramas (Maqol). Qo‘rquvdan tizzalari qaltirasa ham, to‘xtamay qo‘chqor yotgan g‘aramga qarab zipillab ketdi (O.Yoqubov). To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar qisman zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi. Bunday qo‘shma gaplarning har ikki turida ham mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan voqea-hodisalar mavjud bo‘ladi. To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplarning farqi shundaki, unda shu to‘siqqa qaramay yuzaga kelgan voqealar ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘siqsiz ergash gaplar orqali berilgan mazmunni hamma vaqt zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ifodalab bo‘lmaydi: To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gaplar mazmuni zidlov munosabatlari ifodalangan bog‘langan qo‘shma gapga o‘xshashligi tufayli bunday gaplarda, komponentlarni biriktiruvchi –sa ham (-da) yordamchisi bilan birga, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari ham ishlatiladi. Bu bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gapning qismlaridagi zidlikni ta’kidlab ko‘rsatadi: Tong hali yorishmasa-da, lekin osmonda yulduzlar siyraklashgan edi (O.Yoqubov). Uning o‘ziga sariq atlasi xush kelsa-da, biroq o‘z xoxishini bir yoqqa qo‘yaturib, Otabek ko‘nglicha kiyinishga qaror berdi (A.Qodiriy) Zanbilning ostiga yashirinish juda ham xavfli bo‘lsa-da, ammo o‘lturushning maqsadiga qonmay ketish undan ham xatarlik edi (A.Qodiriy). To‘siqsiz ergash gaplar bosh gapga turli yordamchilar bilan – so‘z shakllari, bog‘lovchilar va yuklamalar ishtiroki bilan bog‘lanadi. 1. Ergash gap bosh gapga shart mayli fe’lining –sa ham (-yam) shakli vositasida bog‘lanadi: Havo ilib qolgan bo‘lsa ham, ombor zax, nimqorong‘i edi (O‘.Hoshimov). Chorsuda olag‘ovur boshlansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit hanuz dong qotib uxlar edi (A.Qodiriy). Ikki tirsagim devorga tegib shilinib ketsa ham, parvo qilmadim (O‘.Hoshimov). To‘siqsiz ergash gapning kesimi fe’ldan boshqa turkum so‘zlari bilan ifodalansa, kesim tarkibiga bo‘l fe’li qo‘shib ishlatiladi. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi shakllar shu so‘zga qo‘shilib keladi: Ahvol qiyin bo‘lsa ham, Dildorga beriladigan jazo orqaga surildi (Oybek). Bu tashlandiq yer juda qadimdan beri sira o‘zgarmay shu ahvolda yotgan bo‘lsa ham, uning tayinlik nomi yo‘q edi (A.Muxtor). Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling