Qo‘shma gaplar
Download 53.33 Kb.
|
шпор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undov belgisi
So‘roq belgisi
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: So‘roq gap oxirida: Maktabda senga shuni ta’lim beradimi? Qani daftarlaring? (A.Qahhor.) Kim, nima, qaer, qanday, qaysi, qachon, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida qo‘llansa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng qavs ichida so‘roq belgisi qo‘yiladi. Undov belgisi Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Undov gap oxirida: Davomini keyin bitkaymen!.. Kitobning nomi sening ismingga qofiya bo‘lg‘usidir!.. (P.Qodirov.) Buyruq gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, uning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Tez chorraha darvozasiga boring! Xonzoda begimni topib, mening buyrug‘imni yetkazing! Darhol bu yoqqa yetib kelsinlar! Shuni borib ayting! (P.Qodirov.) Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar emosionallikka ega bo‘lsa, ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Ha, barakalla! Rahmat, do‘stim! (A.Qahhor.) Undalma gap boshida kelib, his-hayajon bilan aytilganda, undalmadan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Shunqorlarim! Ota yurtimiz uzoq, yengilsak yetolmaymiz. (P.Qodirov.) Vergul Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi: Bog‘lovchisiz yoki takrorlanuvchi bog‘lovchilar yordamida aloqaga kirishgan uyushiq bo‘laklar o‘zaro vergul bilan ajratiladi: Mana senga hayotbaxsh, zilol suvli buloq. (F.Musajonov.) Salqin, lekin yoqimli shabada esadi. (O‘.Hoshimov.) Ajratilgan bo‘laklar vergul bilan ajratiladi: Soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida oppoq qorga ko‘milib uzoq turdi. (O.Yoqubov.) Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Ortiq aka, sizda otameros mardlik bor. (P.Qodirov.) Kirish so‘z va kirish birikmalar vergul bilan ajratiladi: Ha, aytgandek, leksiyadan keyin savol-javob bo‘ladi. (F. Musajonov.) Tasdiq yoki inkorni bildiruvchi so‘zlar gap boshida kelganda, vergul bilan ajratiladi: Ha, mayli, kerak bo‘lsam, o‘zi topib olar. (F.Musajonov.) Xo‘p, zavodga qachon kirgansiz? (F.Musajonov.) Yo‘q, bu aniq. (F.Musajonov.) Qo‘shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi: Hayot shunday tubsiz va behosil dengizlarkim, u doim jo‘sh urib, qaynab turadi. (J.Abdullaxonov.) Download 53.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling