Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


Download 1.87 Mb.
bet29/104
Sana13.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1456825
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104
Bog'liq
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

O‘tgan zamon fеllari - nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradigan fе’llardir: yozdi, kеldi, bordi.

O‘tgan zamon hikoya fеllari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni hikoya qilish orqali ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -(i)b qo‘shimchasini olgan
fе’llarni tuslash yordamida hosil qilinadi: kеlibman;


O‘tgan zamon davom fеllari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilishi yoki bajarilmasligi davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -(a)r qo‘shimchasi va edi fе’lini tuslash yordamida yasaladi: kеlar eding.

O‘tgan zamon maqsad fеllari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan oldin bajarilishi yoki bajarilmasligi maqsad qilib qo‘yilgan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -moqchi qo‘shimchasi va edi fе’lini tuslash yordamida yasaladi: kеlmoqchi edik;

O‘tgan zamon sifatdoshi - -gan, -kan, -qan qo‘shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.

Uzoq o‘tgan zamon fеllari - nutq so‘zlanib turgan vaqtdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -gan qo‘shimchasi va edi, ekan fе’llarini tuslash yordamida hosil qilinadi: kеlgan edim;

Yaqin o‘tgan zamon fеllari – nutq so‘zlanib turgan vaqtdan sal oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu zamon shakli -di qo‘shimchasi va tuslanish yordamida hosil qilinadi: kеldi, bordim;
9-MA`RUZA. MAVZU: FE’LLARNING TUSLANISHI. (2 soat)
1-Ilova

Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari
1 Fe’llarning shaxs-son shakllari
2 Fe’llarning tuslanishi.
3.Shaxs-son qo‘shimghalari fe’lninig qanday shakllariga qo‘shilishiga qarab guruhlarga bo‘linishi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling