Qo‘shrabot tumani xtbga qarashli 41 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida Voyaga etmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish


Download 61.5 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1171705
  1   2   3   4

Qo’shrabot tumani XTBga qarashli 72-umumiy o’rta ta’lim maktabida “ Voyaga etmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning o’rni mavzusida o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI
8-yanvar 2022 yil “Tegirmonovul” MFY
Yig’ilish raisi: F. Sayfutdinov
Kotib: G’. Yolg’ashov
Qatnashdilar: 72-umumiy o’rta ta’lim maktabi rahbariyati, I-XI-sinf o’quvchilarining 60 nafar ota - onalari va 25 nafar pedagog xodimlar, maktab amaliyotchi psixologlari.
Ko’riladigan masala
Ota-onaning bolaga ta’lim tarbiya berish borasidagi majburiyatlari 1-videorolik namoyishi
1.O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 28-maydagi 131-sonli buyrug’i bilan tasdilangan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” to‘g‘risida .
2.Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012 yil 21 mayda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 139-sonli qarorining mazmun-mohiyati to’g’risida.
3.Farzand tarbiyasida otalarning o’rni to’g’risida
Mehribon ota 2-va 3-video roliklar namoyishi.
4.Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari uchun maktab formasining ahamiyati.
5.Umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o’quvchilarning davomati, xulqi va odabi hamda olgan baholarini tahlili bo’yicha. 4- video rolik namoyishi.


Birinchi masala yuzasidan maktab direktori F. Sayfutdinov so’zga chiqib Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari umumiy o’rta ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o’quvchilari, ularning ota-onalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o’zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlariga qo’yiladigan talablarni belgilashi mazkur qoidalar davlat umumta’lim muassasalarida tatbiq yetiladi.
Mazkur qoidalar talablari umumta’lim maktabi jamoa a’zolari, o’quvchilari va ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi.
o’quvchilar ta’lim muassasasiga maktab formasida, maktab rahbariyati va pedagog xodimlar esa maktab Ustavida belgilangan kiyimda kelishlari;
o’qituvchilar va o’quvchilar tasdiqlangan mashg’ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o’z vaqtida kelishlari;
ta’lim muassasasi hududi va yo’laklarining o’ng tomonidan yurishlari;
jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, o’quvchilar o’qituvchilarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo’lib salom berishlari
O’quv-yili davomida mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to’liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladi:
ta’lim muassasasi buyrug’i bilan o’qituvchilarga tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
“Faxriy yorliq bilan taqdirlashlar haqida gapirib o’tdi.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling