Qo‘shrabot tumani xtbga qarashli 41 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida Voyaga etmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish


Download 61.5 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1171705
1   2   3   4
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo’yicha maktab MMIBDO’ B. G’ozibekov so’z berildi. O’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidagi nizomning bandlari, bu qarordan kelib chiqadigan tadbirlar rejasi va qarorning ijrosini amalga oshirish uchun amalga oshiriladigan vazifalar haqida gapirdi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishni to’g’ri yo’lga solish, o’quvchi va o’qituvchilarning telefondan foydalanish, ularda mavjud bo’lgan turli faxsh, buzg’unchilik, zo’ravonlik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ’ib qiluvchi musiqa, video va fotorasmlarning bo’lmasligini nazorat qilish tartibi haqida aloxida to’xtalib, bunday ma’lumotlar o’quvchilar ongini zah arlashi,o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qotishi, ular ongida ma’naviy bo’shliqning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, ularda o’z yurtiga bo’lgan muhabbati so’nib borishiga, yaqinlariga bo’lgan mehr-muhabbati kamayishiga uziga bo’lgan ishonchi yo’qoladi deb o’z so’zini yakunladi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab Amaliyotchi psixologi so’zga chiqib quyidagilarni gapirib o’tdi. Erkak – oila boshligʻi, xonadon ustuni. Bu eʼtirozsiz qabul qilingan meʼyordir. Ana shu meʼyorni ushlab turish, ota rolini munosib bajarish, uni maromiga yetakazish, har bir erkakdan katta maʼsuliyatni talab etadi. Chunki uning har bir xatti-harakati bolalarning diqqat markazida boʻladi. Farzandlar, ayniqsa, oʻgʻil bolalar istaysizmi-yoʻqmi, otaga, uning yurish-turishi, odob-axloqiga taqlid qiladi.
Ota tinmay mehnat qiladi, yelib-yugurib, roʻzgʻoriga rizq va baraka keltiradi. U oilani boshqarishni oʻz burchi deb biladi. Xonadonda tarbiya topayotgan oʻgʻil farzandlar oʻzlarini ota qiyofasida koʻrishga va ulardan nusxa olishga harakat qilishadi. Roʻzgʻor yuritish, farzandlar tarbiyasi esa sevimli va mehribon onalar zimmasidagi vazifadir. Ota hurmatini joyiga qoʻyish, er-xotin munosabatlarini farzandlariga namuna qilib koʻrsatish ayolning mahoratiga bogʻliq.
Ota, eng avvalo, farzandlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir etishini anglagan holda oiladagi munosabatlarni toʻgʻri tashkil etishi lozim. Lekin buning aksi boʻlsa, u otalik masʼuliyatini chuqur his qilmasa, oʻz mavqei haqida oʻylamasa, demakki, bunday oilada muvozanat buziladi. Bolalarda padari buzrukvoriga nisbatan ishonch, gʻururlanish hissi soʻnib boradi. Bu holat ayniqsa, oʻgʻil bolalar ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chunki, ular uchun otasidan kuchli va aqlli inson yoʻq, dunyoda. Oʻsmir yoshiga yetgan oʻgʻil-qizlarda bu holat ayniqsa, kuchli seziladi.
Shunday ekan oilada sogʻlom munosabatning shakllanishida qolaversa, farzandlarni yetuk va komil inson boʻlib voyaga yetishilarida otalarning roli va oʻrni juda ham beqiyos. Har bir insonning hayotidagi eng katta boyligi bu uning farzandlaridir. Har bir ota-ona farzandini yaxshi tarbiyalash, ularning orzularini amalga oshirishni va yuksak choʻqqilarga erishishini istaydi. Bu orzu-istaklar oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Bunday vaziyatlarda ota-onalardan tarbiyada oʻta noziklik va hushyorlikni talab etadi, albatta. Ular burchlarini sidqidildan bajarsagina oʻylagan maqsadlariga erisha oladi degan fikrlarni bildirib o’tdi. (Mehribon ota 2-va 3-vodio roliklar namoyish etildi.)

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling