Qo‘shrabot tumani xtbga qarashli 41 – umumiy o‘rta ta’lim maktabida Voyaga etmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilish


Beshinchi masala yuzasidan maktab O’IBDO’


Download 61.5 Kb.
bet4/4
Sana06.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1171705
1   2   3   4
Beshinchi masala yuzasidan maktab O’IBDO’ F. Avlodova so’zga chiqib Umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan oʻquvchilarning davomati, xulqi va odobi hamda olgan baholarini tahlili boʻyicha so’z yuritdi o’qituvchi va o’quvchilar, ota-onalari to’liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart ekanligi jumladan maktab o’quvchilari davomati yuqori bo’lishligi hamda sababsiz maktabdan qolmasligi haqida to’xtalib o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi qonunning 30-moddasida Voyaga etmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar deb belgilangan.
Shuningdek, ota-onalik huquqi, mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq bolalar manfaatlariga zid ravishda amalga oshirilishi mumkin emas. Oilada bolalarni tarbiya qilish usullari, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mensimaslik, shavqatsiz, qo’pollikdan, insoniy qadr-qimmatini kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan holi bo’lishi kerak, o’quvchilarni ota-onalari maktabdan olib qolish mumkin emasligi va a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilarning ota-onalariga farzand tarbiyasiga befarq bo’lmaganligi uchun minnatdorchilik bildirdi, farzandlariga uyida bundan ham yaxshi sharoit yaratib berishiga davit qildi va so’zini yakunladi.
(Erta turmushga berish oqibati4-video rolik namoyish etildi)
Yigilish qaror qiladi:
1.Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchi va o’quvchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish qat’iy belgilab qo’yilsin:
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 25-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risidagi nizom ma’lumot va amalda bajarish uchun qabul qilinsin;
3. Farzandlari talim tarbiyasini yanada yaxshiashda ota-onalar masuliyati oshirilsin va bolalarni tarbiyalash va kamol toptirish majburiyati ularning ota-onalari zimmasiga yuklatilsin;
4.Ta’lim muassasasida o’quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilinishi ta’lim muassasasi rahbariyati, sinf rahbarlari va pedagog xodimlar tomonidan nazorat qilib borilsin.
5. Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilarining a’lo baholarga o’qishi va davomati yuqori bo’lishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatilsin.
6.Bola tarbiyasida ota-onaning o’rni. O’quvchi yoshlar tamonidan sodir etilayotgan turli xil salbiy holatlar to’g’risida videoro’lik namoyishi tahlili va bunday salbiy holatlarning oldini olish va chora-tadbirlarini ishlab chiqish maktab MMIBDO’ va ota-onalar qo’mitasi raisi zimmasiga yuklatilsin
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: F. Sayfutdinov
Kotib: G’. Yolg’ashov
Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling