Qurambayev shahzod


Download 16.94 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi16.94 Kb.
#1747138
Bog'liq
hisobot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
3-BOSQICH TALABASI
QURAMBAYEV SHAHZOD NING
PASSIV AMALIYOT DAVRI BO’YICHA

HISOBOTI


GULISTON-2023

Guliston Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti “Matematika va informatika” yo’nalishi 3_20 guruh talabasi Qurambayev Shahzodning 24-umumiy o'rta ta'lim maktabida o’tkazilgan amaliyot bo’yicha




HISOBOTI
Men 2023-yil 01-maydan 13-maygacha har kuni Sayxunobod tumani 24- umumiy o'rta ta'lim maktabida passiv amaliyotda bo'ldim.
Amaliyotni birinchi kuni Axborot texnologiyalari fakultetinig “_________” kafedrasida tashkil etiladigan passiv amaliyotga bag'ishlangan konferentsiyada qatnashdim. Bu konferentsiyadan asosan, passiv amaliyotni maqsadi, vazifalari va amaliyotni tashkil etishni asosiy tamoyillari haqida professor-o'qituvchilarimiz yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo'ldik. Ertasi kuni pedagogik amaliyotga borilayotgan Sayxunobod tumani 24-maktab ichki tartib qoidalari, joylashgan xududi, boriladigan transport vositasi, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Universitetdan passiv amaliyot rahbari ______________ bizga dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, sinf rahbarini faoliyati va amalga oshirgan ishlari to’g’risida metodik yordam berdi.
Kundalik daftar, barcha amaliyotga oid hujjatlami tartib bilan yuritib, to'ldirishni boshladim. Informatika fanidan muddatli mavzu rejani informatika fani o'qituvchisi ______________ dan oldik. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish tartibini o’rganib, direktor, ilmiy bo'lim mudiri, ma’naviy-marifiy ishlari bo'yicha muovin bilan tanishib, suhbatlashdim va ichki tartib qoidalarga amaliyot davrida bo'ysunishimizni takidladi.
Amaliyotni birinchi haftasida o'qituvchilar kengashi va metodik kengashning ish tartibi bilan tanishib, o'zimga biriktirilgan 7-A sinf jamoasi o’quvchilar bilan tanishdim. Bu guruhga informatika, algebra, ingliz tili, kimyo, tarix, adabiyot, rus tili, matematika, fizika kabi fanlar o’tilar ekan. Sinf rahbarida mavjud tarbiyaviy ish rejasi bilan ham tanishib chiqdim. Guruh o'quvchilar jamoasining pedagogik - psixologik xususiyatlarini muntazam o'rganib bordim.
Amaliyot davomida informatika, algebra, fizika, ingliz lili, kimyo, tarix, adabiyot, rus tili, matimatika, biologiya kabi va boshqa darslarini kuzatib, tahlil daftarimga qayd qilib bordim. Bunda deyarli hech qanday qiyinchilikka uchramadim.
Har kuni dars jarayonini tahlil qilib bordim. O'qituvchi egallashi kerak bo'lgan jihatlami o'zlashtirishga harakat qilib bordim. Bulardan tashqari 7-A sinfga o'tkazilishi mo'ljallangan darsdan tashqari ishlarning mazmuni bilan ham tanishib chiqdim.
Matematika va informatika fani bo’yicha qo'shimcha mashg'ulotlar, maktab fan to'garaklari, badiiy havaskorlik va kasb-xunarga yo'naltirish, jismoniy tarbiya va sport ishlarining yo'lga qo'yilish jarayonini o'rganib chiqdim va tasavvurga ega bo’ldim.
Kuzatishlarimda shu narsa ayon bo'ldiki, 27 tadan ko’p sonli o'quvchisi bor sinfda tartibsizlik va shovqin ko'tarilishi ehtimoli yuqori ekan.
Unversitet sharoitida bilim olish va kasb egallashlari haqida 7-sinf o'quvchilari bilan suhbatlashdim.
O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar asosida yetarlicha ma’lumotlar berib o'tdim. Bundan o'quvchilami o'qishga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Maktabning ota-onalar kengashi ishi mazmuni bilan tanishdim. Maktabning bu yo'nalishdagi an’analarini ham o'rgandim. Ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlik ishlarining mazmuni, shakllari va usullari bilan tanishib chiqdim. O'zimga biriktirilgan
9-sinfning ota- onalar kengashi ishi bilan ham tanishib chiqdim.
Bundan tashqari guruh uchun rejalashtirilgan ma’naviy- marifiy, tarbiyaviy ishlami amalga oshirishda sinf rahbariga yordamlashdim.
Amaliyot jarayonida dars tahlil qilishni, shaxsiy ish reja, hujjatlami yuritishni o'rgandim.
Darsdan tashqari tashkil etilgan ma’naviy- ma’rifiy, ijtimoiy foydali ishlarning o'tkazish jarayonini o'rgandim. Men maktabda _____________, ______________, _________________, _________________ va boshqa bir qancha tajribali o'qituvchilar darslarini tahlil qildim.
Amaliyotga kelgan kunimdan amaliyot oxirigacha kundalik daftar yuritdim. Men ushbu amaliyot jarayonida o'qituvchi sifatida dars o'tish texnologiyasini, o'zini tutishni, o’quvchilar bilan muomila jarayonini o'rgandim.
Men passiv amaliyot vaqtida o'qituvchilik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lishga bor shijoatim bilan harakat qilaman.
Menga yaqindan yordam bergan maktab ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Maktab direktori: _________________
Metodist: _______________
Amaliyotchi: Qurambayev Shahzod
Download 16.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling