Qurbanov ilhomning


Download 1.94 Mb.
bet1/10
Sana19.03.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1283523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom tabiat kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G219-GURUH TALABASI
QURBANOV ILHOMNING
TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Inson va geografik muhit”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________


Qabul qildi: ______________


REJA:
KIRISH
1.Tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik.
2. Geografik muhit va uning jamiyatga ta’siri.
3. Demografik jarayonlar, uning jamiyat hayoti va taraqqiyotiga ta’siri.
4. Tabiat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirish zarurati.
5. Jamiyatni tabiatdan oqilona foydalanishning geoekologik xususiyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Geografik muhit - tabiatning insoniyat jamiyati mavjud boʻlgan, odamning butun hayoti va ishlab chiqarish faoliyati roʻy beradigan qismi. Inson oʻziga kerak boʻlgan barcha narsa — suv, havo, oziqovqat, turar joy va b. qurilishlar uchun zarur boʻlgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni Geografik muhitdan oladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari Geografik muhit doirasi oʻzgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida kishilar aso-san hayot uchun zarur tabiiy manbalar (yovvoyi usimlik mevalari va hayvonlar, unumdor tuproq va h. k.)dan foydalangan. Keyinchalik ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi bilan tabiiy boyliklar (metall, yogʻoch, issiqlik manbalari va h. k.) mehnat vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi.
Geografik muhit jamiyat taraqqiyoti va farovonligining doimiy, zarur shartlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va ishlab chiqarish tarmoqlarining toʻgʻri joylashtirilishiga faol taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, Oʻzbekistan iqpimi issiq va tuprogʻi unumdor boʻlgani uchun oʻzbeklar kadimdan paxtachilik va bogʻdorchilik bilan, qozoqlar esa qulay yaylovlarga ega boʻlganligi uchun chorvachilik va gʻallakorlik bilan shugullanib kelmoqda. Keyingi davrda yer osti boyliklarini oʻzlashtirish ham salmoqli oʻrin egalladi.
Geografik muhit kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyinishiga ham taʼsir koʻrsatadi va bularning tarkib topishida katta ahamiyat kasb etadi. Oʻz navbatida jamiyat ham Geografik muhitga taʼsir koʻrsatadi. Kishilarning tobora oʻsib boradigan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatiing yangi hududlari va b. tabiiy boyliklari xoʻjalikka jalb qilinadi. Insonning taʼsiri oqibatida Geografik muhit ancha oʻzgaradi.
Masalan, choʻllarda vohalar vujudga keldi, dashtlar ekin dalalariga aylantirildi, bir necha oʻnlab suv omborlari qurildi, quritilgan botqoqliklar oʻrnida oʻtloklar paydo boʻldi. Bular mahalliy iqlimga ham taʼsir koʻrsatadi. Chunonchi, vohalarda havo temperaturasi kunduzi atrofdagi choʻldan 4-5° past, tunda esa yuqori boʻladi. Inson Geografik muhitdagi hayvonlar va oʻsimliklarga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Ayrim turlar yoʻqoladi, yangi turlar vujudga keladi. Qurilgan suv omborlari daryolar oqimini oʻzgartirib yuboradi. Bunday oʻzgarishlar texnogen (antropogen) oʻzgarishlar deyiladi.
Inson Geografik muhitga yoki uning biror elementiga taʼsir etayotganda uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni yaxshilab oʻrganishi zarur. Aks holda salbiy oʻzgarishlar Geografik muhitga ham, insonga ham katta zarar yetkazishi mumkin. Geografik muhit inson faoliyati taʼsiridan tashqari tabiiy jarayonlar taʼsirida ham oʻzgaradi.
Bular koʻpincha davriylik xususiyatiga ega. Inson bularni chuqur oʻrganishi va hayot faoliyatida doim nazarda tutishi kerak.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling