Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Ishga qobiliyatlilik – mashinaning texnik hujjatda ko‗rsatilgan parametrlar 
bilan o‗z vazifasini bajara oladigan holatidir.
Mashinalarning yeyilganlik, shikastlanganlik darajasiga va xususiyatlariga
shuningdek ta‘mirlash ishlariga sarflanadigan mehnatga (sermehnatliligiga) qarab, 
mashinalarga oldindan belgilangan rejali xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlariga 
quyidagi ta‘mirlash turlari kiradi:
Joriy ta‟mirlash. Bunda ta‘mirlash ishlari hajmi juda kam bo‗lib, 
mashinaning navbatdagi rejali ta‘mirigacha normal ishlashi ta‘minlanadi. Joriy 
ta‘mirlashda buzuq joylar, nuqsonlar yeyilgan detallarni almashtirish yoki 
ta‘mirlash yo‗li bilan bartaraf etiladi, shuningdek barcha rostlash ishlari bajariladi.
Asosiy ta‟mirlash – yeyilgan mashina va uning barcha tarkibiy qismlari, 
shu jumladan zamin qismlarining ham boshlang‗ich ish qobiliyatini to‗liq 
tiklashdan iborat. Ta‘mirdan chiqqan barcha tarkibiy qismlar hamda butun mashina 
ishlatib moslanadi, chiniqtiriladi, rostlanadi, sinovdan o‗tkaziladi va bo‗yaladi. Bu 
xilda ta‘mirlashda mashina detallarga to‗liq ajratiladi va ular yaroqli-yaroqsizlarga 
bo‗linadi.
Mashinalarni ixtisoslashtirilgan ta‘mirlash korxonalarida ta‘mirlashning 
egasizlantirilmagan, egasizlantirilgan va agregat usullari keng qo‗llaniladi.
Egasizlantirilmagan yoki egasizlantirilgan ta‘mirlash usullarining o‗zaro 
farqi shundaki, tiklanadigan tarkibiy qismlarning ma‘lum mashinaga (uskunaga) 
qaramligi birinchi usulda saqlanadi, ikkinchi usulda esa saqlanmaydi.
Ta‘mirlashning agregat usulida ayrim buzuq yig‗ma qismlar yoki agregatlar 
almashma fonddan olingan yangi yoki ta‘mirlanganlari bilan almashtiriladi, 


86 
natijada mashinaning ish qobiliyati dastlabki ikki usulga qaraganda kamroq 
xarajatlar bilan tiklanadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling