Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


  Obyektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo‟lgan hodisa bu –


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

80. 
Obyektning ishlash qobiliyati buzilishidan iborat bo‟lgan hodisa bu –
A) uning ishlamay qolishidir; S) uning ishlash qobiliyatini yo‘qotishidir; 
B) uning ishlash davomiyligidir; D) uning inkoridir. 


83 
II-bob. Mashinalar va uskunalarni ta‟mirlashdagi ishlab chiqarish 
texnologik jarayoni 
 
2.1-§. Asosiy tushunchalar va ta‟riflar 
Ta‘mirlash korxonalari o‗zining rivojlanish davrida tashkiliy jihatdan 
o‗zgardi va ko‗pgina qiyinchiliklarga uchradi. Hatto, ta‘mirlash korxonalarini 
takomillashtirishga mablag‗ sarflash maqsadga muvofiq emas, degan noto‗g‗ri 
fikrlar ham mavjud bo‗lgan. Ma‘lumki, mashina qanchalik takomillashgan 
bo‗lmasin, uni ishlatganda nuqsonlar, yeyilishlar paydo bo‗la boshlaydi va ularni 
qo‗shimcha mehnat sarflab tuzatishga to‗g‗ri keladi.
Mashinalarni ta‘mirlash mashinalarning ishqalanish, moylash, yeyilish va 
eskirish nazariyasiga asoslanadi. Mashinalarni ta‘mirlashni tashkil etish va 
ta‘mirlash texnologiyasiga oid masalalarni tadbiq etishda ehtimollar nazariyasi 
usullari hamda yoppasiga xizmat ko‗rsatish nazariyasi, kvalimetriya nazariyasi va 
boshqa nazariyalardan keng foydalaniladi.
Ta‟mirlash – mashinaning (yoki undagi ayrim qismlarning) ish qobiliyatini 
tiklash maqsadida ularning nuqsonlarini bartaraf etishga oid ishlardan iborat.
Mashinalar ta‘mirlash korxonalarida ta‘mirlanadi. Ta‘mirlash korxonasi 
mashinasozlik korxonalarining bir turi bo‗lib, normal ish qobiliyatini yo‗qotgan, 
lekin ta‘mirlashga yaroqli va bu korxona uchun o‗ziga xos tayyorlov rolini 
bajaradigan mashina qismlarini (agregatlar, qismlar, detallar va h. k.) texnik 
shartlarga muvofiq ta‘mirlash ishlarini bajaradi.
Ta‘mirlash korxonasi mashinasozlik korxonalaridan farq qilib, o‗ziga xos 
texnologik jarayonlarni: mashina qismlarini yuvish, bo‗laklarga ajratish, yaroqli-
yaroqsizlarga ajratish va ta‘mirlash ishlarini bajaradi.
Ta‘mirlash ishlarida quyidagi atamalar: qayta o‗rnatish va tiklash atamalari 
ishlatiladi. Mashina detallari uchun «tiklash» (avvalgi holatiga keltirish) atamalari 
qabul etilgan. «Qayta o‘rnatish» (remont) atamasi detallarga emas, balki yig‗ma 
qismlar (mexanizmlar): uzellar, agregatlar va mashinaga nisbatan qo‗llaniladi, 
chunki «qayta o‗rnatish» deyilganda mashina qismlari yechiladi va yana o‗z joyiga 


84 
qayta o‗rnatiladi, deb tushuniladi. Ta‘mirlash (lotincha «restavratsiya») atamasi 
ko‗pincha arxitektura va san‘at asarlariga nisbatan ishlatiladi. Remont atamasining 
o‗zbekcha muqobili «qayta o‗rnatish» bo‗lishiga qaramay, atamaning ixchamligi 
va o‘xshashligini nazarda tutib, mashinalarga nisbatan ham ta‘mirlash atamasi 
ishlatilmoqda.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling