Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detalni tiklash
Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‗lib,
buyumning holatini o‗zgartirishga qaratilgan harakatlardan iborat. Texnologiya – ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish usullari va vositalari to‗g‗risidagi bilimlar majmuasidan iborat. Uning ilmiy vazifasi – ishlab chiqarishning eng samarali usullarini aniqlash va ulardan foydalanish uchun fizik va boshqa qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Mashinani tashkil etuvchi qismlar detallardir. Detal – yig‗ish ishlarini bajarmasdan nomi va navi jihatdan bir jinsli ashyodan tayyorlangan buyum. Detallarga lemex, tirsakli val, porshen barmog‗i, porshen halqalari, bolt, gayka kabilar misol bo‗la oladi. Detalni tiklash – detalning ish qobiliyatini va me‘yor-texnik hujjatda ko‗rsatilgan parametrlarini qayta tiklashni ta‘minlaydigan nuqsonlarni bartaraf etishga oid ishlar majmuasidan iborat. Yig„ma qism (birlik) – tarkibiy qismlari yig‗ish ishlari jarayonida o‗zaro birlashtirilgan buyumdan iborat. Yig‗ma qismlarga dvigatel, uzatmalar qutisi, reduktorlar va hokazolar kiradi. Mashinaning tuzilishini tashkil etuvchi qismlar ikki guruhga: konstruktiv va nokonstruktiv qismlar guruhiga bo‗linadi. Konstruktiv qismlar deb, qanday ashyodan tayyorlanganligi, o‗lchamlari va shaklidan qat‘iy nazar mashina tarkibiga kirgan barcha alohida tayyorlangan detallarga aytiladi. Bularga: ramalar, bloklar, vallar, shesternyalar, podshipniklar, boltlar, qistirmalar, shaybalar, baklar, quvurlar, tasmalar, g‗iloflar va boshqalarni misol qilib ko‗rsatish mumkin. Nokonstruktiv qismlar deb, mashina ishlaganda uning barcha, konstruktiv qismlarining o‗zaro zarur aloqasini yoki normal ishlashini ta‘minlaydigan 85 elementlarga aytiladi. Bularga: mashinani yig‗ish jarayoni, rostlash, bo‗yash, moylash va mashinaning o‗z vazifasini bajarishga yaroqli keladigan boshqa ishlar kiradi. Ko‗rib chiqilgan elementlar mashinaning ishga yaroqli bo‗lishini ta‘minlaydi. Mashina va uskunalarni asosiy ta‘mirlash jarayoni buzuq mashinalar (agregatlar) ni ishga yaroqli holatga keltirishga qaratilgan ishlarning aniq majmuasidan iborat. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling