Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Puxtalik muammosining falsafiy asoslari


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Puxtalik muammosining falsafiy asoslari 
Dialektik materializm nuqtai nazaridan puxtalikni ko‗rib chiqib, birinchi 
navbatda bir-biri bilan bog‗liq bo‗lgan ikkita savolga javob topish lozim. 
Birinchidan, vaqt o‗tishi bilan mashinaning boshlang‗ich tavsifnomalarini 
yo‗qotishi majburiy jarayon hisoblanadimi, boshqacha qilib aytganda
ishonchsizligini o‗rganishdan ko‗ra absolyut puxta mashinani yaratish afzalroq 
emasmi?
Ikkinchidan, qaysi falsafiy kategoriyalar va qonuniyatlar puxtalik 
muammosining uslubiy jihatlarini aniqlaydi? 
Istalgan mashina ma‘lum funksiyani bajarishda atrof-muhit bilan, mashinani 
boshqaradigan inson bilan, u mo‗ljallangan obyekt bilan (texnologik mashina 
material bilan, tashish mashinasida tashiladigan yuk bilan va hokazo) o‗zaro 
ta‘sirda bo‗ladi . 
Bunda tabiatdagi hodisalarning umumiy universal aloqasini namoyon bo‗lishi 
shaklida turli xildagi sabab-oqibatli aloqalar paydo bo‗ladi. Mashinaga turli xil 
ta‘sirlar miqdorining to‗planishi uning sifat ko‗rsatkichlarining o‗zgarishiga va 
dialektika qonunlari bilan mos ravishda boshqa sifat holatiga o‗tish imkoniyatiga 
olib keladi. 


15 
Shuning uchun ishlatish paytida mashinada sodir bo‗ladigan o‗zgarishlar 
barcha material obyektlarning muhim va ajralmas xossasi bo‗lgan harakatning 
qonuniy namoyon bo‗lishi hisoblanadi.
Mashinani u ishlaydigan muhit ta‘siridan, ishchi funksiyalarni bajarishda 
unda kechadigan jarayonlar ta‘siridan, mashinani tayyorlashda qo‗llanilgan 
texnologik jarayonlarning oqibati hisoblangan qoldiq hodisalar ta‘siridan ajratib 
bo‗lmaydi. Bunda mahsulot materiallarining yemirilish jarayonlarini sodir bo‗lish 
ehtimoli hisobga olinishi kerak. Shuning uchun mashinalarni puxtalikka hisoblash 
va ish qobiliyatini yo‗qotishini oldindan aniqlashga e‘tiborni kuchaytirish lozim. 
Energiyaning barcha turlari – mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektromagnit 
energiyalar mashinaga ta‘sir qiladi va unda boshlang‗ich tavsifnomalarini 
pasaytiruvchi qaytar va qaytmas jarayonlarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun mashinaga ta‘sir qiluvchi zararli ta‘sirlar manbalari va 
sabablarini o‗rganish, mashinaning ish qobiliyatini pasaytiruvchi jarayonlarning 
fizik mohiyatini tadqiq qilish, turli xil ta‘sirlarga mashinaning reaksiyasini 
o‗rganish va shu asosda tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘siridan xavfsiramagan holda 
ma‘lum vaqt davomida berilgan funksiyalarni bajaradigan tizimlarni yaratish zarur. 
Mashina puxtaligi uning asosiy sifat ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi. Falsafiy nuqtai nazardan sifat – bu bir obektning boshqa obektlardan 
farqi va o‗ziga xos xususiyatini ifodalovchi ajralmas belgilari yig‗indisidir.
Texnik qurilmaning sifati deganda odatda vazifasi bo‗yicha qo‗llanilishi 
uchun uning yaroqlik darajasini aniqlovchi xossalarini yig‗indisi tushuniladi. Biroq 
vazifasi bo‗yicha ushbu mahsulotdan uzoq vaqt davomida foydalanilishi tufayli
turli xil omillar ta‘siri ostida uning sifatini aniqlovchi xossalari o‗zgarishi mumkin. 
Shuning uchun sifat ko‗rsatkichlarining vaqt bo‗yicha o‗zgarishini o‗rganuvchi 
puxtalik ―sifat dinamikasi‖ bo‗lib hisoblanadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling