Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
KIRISH
O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining bosh vazifasi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni texnika jihatidan qayta qurollantirish va rekonstruksiyalash, barpo etilgan ishlab chiqarish potensialidan intensiv foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish negizida iqtisodni rivojlantirish sur‘atlarini va samaradorligini oshirishdan hamda shu asosida xalqimizni farovonligini yanada yuksaltirishdan iborat. Bu masalani hal etilishi mashina va texnologik jarayonlarning takomillashtirishga va sanoatni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga bog‗liq. Barcha davrlarda texnik taraqqiyot fundamental fanlarga tayanishi qayd etib kelingan, lekin shuni ham ta‘kidlash joizki, insoniyat tomonidan kashf etilgan har bir texnik ixtiro inson uchun yaratilgandir. Demak, har bir texnik taraqqiyot texnik fanlar asosida vujudga keladi va jamiyat hayotini takomillashtirishga xizmat qilganligi bois ijtimoiy mazmun kasb etib boradi. Texnika va texnologiya insoniyat sivilizatsiyasida industrial va postindustrial taraqqiyotni vujudga keltirgan ekan, butun dunyoda globallashuv va global muammolar va ularning inson ongini o‘zgartirishga, tarbiya masalalariga yangicha yondashuvni shakllantirish muammolari bilan bog‘liq. Shuning uchun bugungi kunda texnika va texnologiyadagi doimiy takomillashuv masalasi jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan chegaralanmasdan, jamiyat ma‘naviy-axloqiy masalalariga ham bevosita dahldordir. Shubhasiz O‘zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutmoqda. Mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jihatdan jihozlarning texnik holatidan bog‘liq bo‘ladi. Mashinalarning ish qobiliyati detallar va mexanizmlardagi buzilishlarni, tez yeyilishini, nosozliklarning paydo bo‘lishini oldini oluvchi, rejalashtirilgan profilaktik tadbirlarga asoslangan ta‘mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish yordamida saqlab turiladi. Hozirgi zamon taraqqiyotida texnika va texnologiya barcha sohalarga jadal kirib kelmoqda. Noorganik tabiatda qurilish texnika va texnologiyasi, 7 elektrotexnika, issiqlik texnikasi orqali namoyon bo‘lsa, organik tabiatda qishloq xo‘jalik texnikasi, biotexnologiya, bioinjeneriya kabi sohalarda, inson ongi va xotirasini o‘rganuvchi informatika va informatsion texnologiyalar, tasviriy san‘at va rassomchilik texnika va texnologiyasi, davlatni boshqarish texnikasi va texnologiyasi yorqin ko‘zga tashlanmoqda. Zamonaviy texnika falsafasi bu jarayonlarni tahlil etib, o‘ta murakkab va serqirra xususiyatlarini chuqur anglagan holda, buning negizida fan-texnika ravnaqi, inson bilimlari va ularni amaliyotda mahorat bilan qo‘llay olish ko‘nikmalarida deb hisoblaydi. Bu jarayonlarning barchasi jamiyat ravnaqida sifat o‘zgarishlarini yuzaga keltirish haqida Amerika sotsiologlari postindustrial jamiyat nazariyasida ifodalab berganlar. Bunda O.Tofflerning uch to‘lqinli nazariyasida insoniyat uch texnologik to‘lqinni boshdan kechirganligini qayd etib: birinchi to’lqinda asosiy boylik Yer bo‘lsa, ikkinchisida ishlab chiqarish vositalari va uchinchisida esa avtomatika va kompyuter texnikasi joriy qilinishi bilan belgilanadi. Mashinalar va ularning ish sharoitlari turli xil bo‗lishiga qaramasdan, puxtalik ko‗rsatkichlari umumiy qonunlar bo‗yicha shakllanadi va bu puxtalikni baholash va hisoblash uchun, shuningdek mashinalarni ishlab chiqarish, sinash va ishlatish uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Puxtalik bu vaqt bo‗yicha yuzaga chiqadigan va mashinani ishlatish davomida unda sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni o‗zida aks ettiradigan mahsulot sifatining asosiy ko‗rsatkichlaridan biridir. Mahsulotning asosiy ishchi organlarini mustahkamligi, deformatsiyalari, issiqlik maydonlari va boshqa tavsifnomalarini baholash uchun uning puxtaligi loyihalash bosqichida hisoblanishi kerak . Bu masalalarni yechish va puxtalikni hisoblashning muhandislik usullarini yaratish ushbu muammoning quyidagi xususiyatlari bilan murakkablashadi: - barcha qonuniyatlarda vaqt omili ishtirok etadi; - mashina tavsifnomalarining o‗zgarishini aniqlab beruvchi fizik qonuniyatlar xilma-xil va murakkab; 8 - mahsulot parametrlarining o‗zgarish jarayoni tasodifiy hisoblanadi; - mashinani yaratish va ishlatishning barcha bosqichlari puxtalik ko‗rsatkichlarining shakllanishida o‗z hissasini qo‗shadi. Tarmoq ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish va raqobatbardoshligini ta‘minlashning istiqboli foydalaniladigan texnikaning ish qobiliyatini oshirish va shu bilan bir vaqtda foydalaniladigan mashinalarning puxtaligini oshirish hisobidan yuqori unumdorlikda va sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoit yaratish bilan uzluksiz bog‗liqdir. Shuning uchun ko‗rib chiqiladigan texnikaning yuqori ekspluatatsion puxtaligiga erishish texnikaning yangi istiqbolli namunalarini ishlab chiqishda ham, sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni amalga oshirayotgan mashinalarni takomillashtirishda ham dolzarb bo‗lib hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilgan va ishlab chiqarish korxonalaridan olingan ko‗plab ma‘lumotlar bo‗yicha mashina va jihozlarning puxtalik darajasi ma‘lum darajada ularning texnologik operatsiyalarni amalga oshirishda qo‗llaniladigan bir qator muhim uzel va detallarining yeyilishga chidamlilik ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi. Mashina ishchi organlarining muayyan ish sharoitlarida va aynan: yuklanishning dinamik-tezlik tavsifi, harorat ta‘sirining xususiyatlari, faol kimyoviy va abraziv muhitning mavjudligida yeyilish xususiyatlarini hisobga oladigan, konstruktor-texnologik va ekspluatatsion tadbirlarni o‗z ichiga oluvchi kompleks yondashuvlardan foydalanish ularning yeyilishga chidamliligini oshirishda eng samarali bo‗lib hisoblanadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling