Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Puxtalik haqidagi fanning nazariy bazasi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Puxtalik haqidagi fanning nazariy bazasi 
Ilmning har qanday sohasi kabi puxtalik haqidagi fan asosiy matematik va 
tabiiy fanlarga, ularning qo‗yilgan masalalarni yechishga ko‗maklashuvchi 
bo‗limlari va nazariy ishlanmalariga asoslanadi. 
Hozirgi vaqtda puxtalik nazariyasining matematik usullari keng rivojlandi. 
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, shuningdek ular bilan o‗zaro 
bog‗langan fanlar asosida mahsulotlar puxtaligi muammolari asosiy jihatlari bilan 
bog‗liq bo‗lgan maxsus hisoblash usullari yaratildi va ishlab chiqildi. 
Biroq, mashinasozlikda puxtalikni hisoblash uchun qo‗llaniladigan 
matematik usullarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, ular hamma vaqt ham sodir 
bo‗ladigan hodisalar bilan mos ravishda qo‗llanilmaydi. 
Matematika – bu foydalanish samaradorligi imkoniyatlarining qo‗yilgan 
masalaga mos kelishi darajasidan bog‗liq bo‗lgan asbobdir. Mashinasozlik uchun 
bu apparat inkorlar paydo bo‗lishi va bartaraf etishning o‗ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olishi kerak. Bu o‗ziga xos xususiyat puxtalik masalalarini yechish uchun 
nafaqat inkorlar statistikasi kalit bo‗la olmasligini bildiradi.
Puxtalik nazariyasining matematik usullarini rivojlantirish zarur, biroq bu 
fanning nazariy asoslarini shakllantirish uchun yetarli emas.


13 
Mashinalar tayyorlangan va ularning ishlashi uchun zarur bo‗lgan 
materiallar (yoqilg‗i, moylash materiallari va h.k.) xossalarining o‗zgarishi, 
buzilishi va eskirishidagi fizik-kimyoviy jarayonlarni o‗rganuvchi tabiiy fanlarning 
tadqiqot natijalari puxtalik haqidagi fanning ikkinchi nazariy asosi bo‗lib 
hisoblanadi. 
Materiallarning mexanik buzilishi turlarini (materiallar qarshiligi), 
materiallar va ularning sirtqi qatlamlarida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni (fizik-
kimyoviy 
mexanika, tribotexnika), materiallar 
yemirilishining kimyoviy 
jarayonlarini (metallar korroziyasi, polimerlar eskirishi) va boshqalarni 
o‗rganadigan fanlar bunga misol bo‗la oladi. 
Inkorlar fizikasi mashinani ishlatishda materialning boshlang‗ich xossalarini 
yo‗qotishiga olib keluvchi qaytmas jarayonlarini o‗rganadi. Bunda barcha 
hodisalarni vaqt bo‗yicha ko‗rib chiqish ushbu tadqiqotlarning asosiy xususiyati 
bo‗lib hisoblanadi. Inkorlar fizikasining vaqtinchalik qonuniyatlari puxtalikning 
asosiy masalalarini yechish uchun baza bo‗lib hisoblanadi. 
Puxtalik nazariyasida berilgan tipdagi mashinalarni hisoblash va loyihalash 
sohasidagi erishilgan barcha yutuqlar, shuningdek mashinani ishlab chiqarish va 
ishlatish 
jarayonida 
o‗zgarishi mumkin bo‗lgan omillar bilan sifat 
ko‗rsatkichlarining bog‗liqligini o‗z ichiga oluvchi ularni tayyorlash texnologiyasi 
qo‗llaniladi. Masalan, mashinaning ishchi jarayonini tavsiflovchi tenglama va 
bog‗liqliklar, yuzaga keluvchi dinamik zo‗riqishlar, ishchi organlarning siljish 
qonunlari, 
quvvat 
tavsifnomalari, 
F.I.K. 
hamda 
mashina 
boshlang‗ich 
ko‗rsatkichlarining o‗zgarishini tahlil qilish va matematik tavsiflash uchun zarur 
bo‗lgan boshqa ko‗rsatkichlar. Mashinalar puxtaligi to‗g‗risidagi fan uchun 
ularning sifat parametrlarini o‗zgarishi jarayonlarining ehtimolli baholash 
usullarini, eskirish va yemirilish jarayonlarini aniqlovchi qonuniyatlar bilan 
qo‗shilishi xarakterlidir. Puxtalikning talab etilgan ko‗rsatkichlarini ta‘minlash 
shartlaridan kelib chiqqan holda mashinalar va ularning elementlarini hisoblash 
usullarini berish mashinalar puxtaligi fanining vazifasidir. 


14 
Muhandislik masalasining asosida yeyilish, korroziya, toliqish va boshqa 
ko‗rsatkichlarini hisobga olgan holda mashina parametrlarini aniqlashda fizik 
mohiyati va tavsifnomasi bo‗yicha turli xil jarayonlar yotganligi tufayli 
mashinalarni puxtalikka hisoblash murakkabdir. 
Biroq, mashina materialining yemirilish jarayoni qonuniyatlari qanchalik 
murakkab bo‗lishiga qaramasdan – bu puxtalikka muhandislik hisoblashlarining 
birinchi bosqichidir. Bundan tashqari, ta‘sir qiluvchi kuchlar xarakteri va 
tezliklarni, birikmalarning o‗lchamlari va konfiguratsiyasini, ishlatish shartlarini, 
vazifasini va uning chiqish parametrlariga qo‗yilgan talablarni hisobga olgan holda 
mashinaning har xil elementlarini umrboqiylikka va buzilmasdan ishlashiga 
hisoblash usullari ishlab chiqilishi kerak . 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling