Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
Motivatsiyaning mazmundor nazariyalari
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MakKlellandning erishilgan ehtiyojlar nazariyasi
Motivatsiyaning mazmundor nazariyalari
motivatsiyaga ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni tahlil qiladi. Bular asosan inson ehtiyojlarini tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Mazmundor nazariyalar ehtiyojlarning tuzilmasini va ularning mazmunini, shuningdek, bularning barchasi inson motivatsiyasi bilan qanday bog‘lanishini tasvirlaydi. Bunda insonni faoliyat sodir etishga ichkaridan nima undashini tushunishga urg‘u beriladi. Mazkur yо‘nalishdagi asosiy nazariyalar quyidagilardir: MakKlellandning erishilgan ehtiyojlar nazariyasi, Gersbergning ikki omil nazariyasi, Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi nazariyasi, Alderferning ERG nazariyasi. MakKlellandning erishilgan ehtiyojlar nazariyasi. Mazkur nazariya muallifi amerikalik psixolog Devid MakKlellanddir. U 1917 yil AQSH nig Nyu-York shtatidagi Maunt Vernon shaharchasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1998 yil 27 martda vafot etgan. U MakmyurreyKollejida (Illinoysshtati) dastlab horijiy tillar kursida bilim oldi, sо‘ngra butun umrini psixologiyani о‘rganishga bag‘ishladi va bu sohada ulkan yutuqlarga erishdi hamda 1949 yili Garvard universitetining ijtimoiy munosabatlar fakultetida professor lavozimiga sazovor bо‘ldi. Uning motivatsiyani о‘rganish sohasida “Erishish motivi” (1951), “Qо‘lga kiritish motivatsiyasi nazariyasi tо‘g‘risida” (1965), “Ichkilik va inson motivatsiyasi” (1972), “Iqtisodiy yutuqlar motivatsiyasi” (1973), “Kuch: ichki tajriba” (1975), “Buyuk motivator hokimiyati” (1976), “Inson erkini kengaytirish sifatidagi motivatsiyani boshqarish” (1978), “Motivlar, shaxs va jamiyat” (1984), “Insoniy motivatsiya” (1987) singari asarlar yaratdi. Kitoblar nomlaridan muallifning insoniy motivatsiyani barcha kо‘rinishlarini о‘rganishga moyilligi kо‘rinib turadi. Shuningdek u yetakchilik, boshqaruv nazariyasi, xodimlarni tanlash singari tushunchalarni ham tadqiq qilgan. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlash joizki, uning asarlaridan birontasi mukammal tarzda о‘zbek tilida uchramaydi. MakKlellandning erishilgan ehtiyojlar nazariyasi butun jahonda mashhurdir. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, u nazariyotchi bо‘lmagan, uning muvaffaqiyatli konsalting firmasi bо‘lgan va о‘zining barcha nazariyalarini shu firmada tajribadan о‘tkazgan5. U barcha ehtiyojlarni uch katta guruhga bо‘ladi. Bular hokimiyatga erishish ehtiyoji, muvaffaqiyatga bо‘lgan ehtiyoj, mansublikka bо‘lgan ehtiyojlardir. MakKlellandning fikriga kо‘ra hokimiyatga bо‘lgan ehtiyojlar insondagi eng ustivor ehtiyojlardir. Bular insonning olgan bilimi va hayotiy tajribasidan kelib chiqadi hamda insonning boshqalarga sezilarli ta’sir kо‘rsatish usuli sifatidagi ularning harakatlarini nazorat qilishga moyillikdan kelib chiqadi. Hokimiyatga ehtiyoji ustivor bо‘lgan kishilar о‘z navbatida ikki turga bо‘linadi. Birinchi turga kishilar ustidan hukmronlik qilish uchungina hokimiyatga intiluvchi kishilar kiradi. Ularni buyruq berish, boshqa kishilarga ta’sir о‘tkazish imkoniyatlari qiziqtiradi. Jamiyat yoki tashkilotning manfaatlari ular uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Jamoaviy ijtimoiy vazifalarni yoki tashkilot vazifalarini hal qilish yо‘lida hokimiyatga intiluvchi kishilar ikkinchi turga mansub kishilardir. Bunday kishilar tegishli vakolotlarni olishi bilan bir guruh kishilar oldiga vazifalar qо‘yadi va ular bilan birgalikda guruhning qandaydir maqsadlariga erishish jarayonida ishtirok etadi. Ular shu bilan bir qatorda bu maqsadlarga erishish uchun kishilarni motivatsiyalashning oqilona usulini izlay boshlaydilar. Bunday turdagi kishilar uchun hokimiyatga bо‘lgan ehtiyoj о‘zining manmanligini qondirish uchun о‘z о‘rnini topishga intilish emas, balki ijtimoiy yoki tashkiliy vazifalarni hal qilishga yо‘naltirilgan, boshqa kishilarni boshqarish bо‘yicha mas’ul ishni bajarishga intilishdir.6 Boshlangan ish nihoyasiga muvaffaqiyatli yetkazilgandagina muvaffaqiyatga bо‘lgan ehtiyojlar qondiriladi. Muvaffaqiyatga intilayotgan kishilar о‘z oldiga murakkab vazifalar qо‘yadi va о‘zlari qilgan ishlar hamda umuman о‘z faoliyati tо‘g‘risida izohlar (maqtovlar) eshitishni xohlaydi. Masalan, tashkilot rahbarida muvaffaqiyat qozonishga bо‘lgan istak uning tashabbusida, о‘zini oqlaydigan tavakkalchilikka intilishida namoyon bо‘ladi. U muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qо‘rqqan holatda tashabbuskor bо‘lish va mas’uliyatni zimmasiga olish lozim bо‘lgan faoliyatda ishtirok etishga intilmaydi. Bunday kishi о‘z obrо‘siga yetadigan zararni imkon qadar kamaytirishga intiladi. Yutuqlarga erishish motivatsiyasi sifatidagi muvaffaqiyatga bо‘lgan ehtiyoj aksariyat kishilarga xosdir. Biroq bunday motivatsiyaning rivojlanish darajasi turli kishilarda turlichadir. Ammo insonning har qanday sohadagi faoliyati natijadorligi va kasbiy muvaffaqiyati aynan shu darajaga bog‘liq. MakKlelland nazariyasiga amerikalik psixolog Jon Atkinson qо‘shgan hissani albatta ta’kidlash joiz. Atkinson (Atkinson) Jon Uilyam (1923 yilda tug‘ilgan) — amerikalik psixolog, motivatsionpsixologiya sohasidagi yirik mutaxassis. 1950 yilda Michigan universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.Kasbiy faoliyatini D. Mak-Klellandning xodimi sifatida boshlagan 1960 yildan 1988 yilgacha - Michigan universitetining professori. Uning (Ed.)MotivesinFantasy, ActionandSociety. Princeton, N.J. 1958; An Introduction to Motivation. N. J., 1964; (Eds.) Motivation and Achievement. Washington. 1974 (et J. O. Raynor). Singari asarlari mavjud7. Atkinsonning tasavvurlariga kо‘ra, muvaffaqiyatga bо‘lgan ehtiyojni muvaffaqiyatsizliklardan qochish ehtiyoji bilan birgalikda kо‘rib chiqish lozim. Atkinson muvaffaqiyatlarga motivatsiyasi ustun kishilar odatda muvaffaqiyatga intilishini, yutuqlarga motivatsiyasi past darajadagi kishilar muvaffaqiyatsizlikdan qochishga urinishini aniqlagan. Atkinson tomondan kiritilgan bu tо‘ldirish, keyinchalik uning о‘zi va MakKlelland tomonidan ishlab chiqilgan subektiv afzal kо‘rilgan tavakkalchilik nazariyasiga asos bо‘ldi. Bu nazariyada yutuqqa intilish motivatsiyasi va muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi inson tomonidna о‘zi uchun maqbul bо‘lgan tavakkalchilik xatti-harakatini shakllantirishning belgilovchi omillaridir. Bu yerda yutuqlarga erishishga motivatsiyasi yuqori bо‘lgan kishilar (aytish kerakki, deyarli barcha rahbarlar shunday kishilardir) tavakkalchilikning о‘rtacha darajasini afzal kо‘radi. Ular muvaffaqiyatsizlikning katta ehtimoli bо‘lgan tavakkalchilik vaziyatlaridan qochishga hamda ayni vaqtda tavakkalchilik kam bо‘lgan vaziyatlardan ham qochishga intiladilar, chunki bunday holatda sezilarli natijalarga erishish imkoniyati deyarli nolga teng bо‘ladi. Tavakkalchilik darajasi о‘rtacha bо‘lgan vaziyatlarda muvaffaqiyat ularning о‘z say-harakatlariga bog‘liq bо‘ladi. Bundan, yutuqlarga motivatsiyasi yuqori bо‘lgan kishilar tavakkalchilik darajasi о‘rtacha bо‘lgan maqsad va vazifalarni о‘z oldilariga qо‘yishga о‘ta moyilliklari bilan ajralib turishi borasidagi xulosa kelib chiqadi, bunda, muvaffaqiyat garchi kafolatlangan bо‘lmasada, asosan ularning say-harakatlari va salohiyatlariga bog‘liqdir. Yutuqlarga erishish motivatsiyasi past bо‘lgan kishilar (bular asosan, ishni о‘z holiga tashlab qо‘yishga odatlangan kishilardir), asosan tavakkalchilik xatari imkon qadar kam bо‘lgan vaziyatlarni tanlashi bilan farqlanib turadi. Ammo garchi ishni о‘z holiga tashlab qо‘ysalarda “bо‘lganicha bо‘lar” yondoshuviga amal qilgan holda tavakkalchilik katta bо‘lgan vaziyatni tanlovchikishilar ham mavjud. Mansublikka bо‘lgan ehtiyojlar ishtirok etishga yoki birgalikda ishtirok etishga bо‘lgan ehtiyojlar ham deb ataladi. Ular atrofdagi kishilar bilan madaniy, aqliy va dо‘stona munosabatlar о‘rnatishga intilishda aks etishi mumkin. Biroqmansublikka bо‘lgan ehtiyojlar ustun turadigan kishilar kо‘pincha boshqa kishilar bilan yaxshi munosabatlar о‘rnatishga intilibgina qolmasdan, о‘zlari uchun ahamiyatli va obrо‘li bо‘lgan kishilardan qо‘llab –quvvatlash va ma’qullashga erishishni ham istaydilar. MakKlend ehtiyojlar nazariyasi yana tadbirkorga va uning asosiy xususiyati bо‘lgan – tashabbuskorlik va tavakkalchilikni о‘z zimmasiga olishgag‘arb jamiyati о‘z e’tiborini qaratishi uchun sabab bо‘lib xizmat qildi. MakKlend ehtiyojlar nazariyasining eng muhim xulosalaridan biri umuman jamiyatdagi tadbirkorning salohiyatlarini bevosita motivatsiyalashga bо‘lib, yutuqlarga erishish motivatsiyasi ustivor bо‘lgan jamiyat faol, ishbilarmon va tashabbuskorlarning katta sonini yaratishga qodirdir, о‘z navbatida bular ham ushbu jamiyatning iqtisodiy yuksalishini jadallashtirishga qodirdir. Tadbirkorlar tavakkalchilikni о‘z zimmalariga olishga hozir bо‘lishlari lozim, bu hozirlik esa yutuqlarga erishish ehtiyojiga ta’sir kо‘rsatadi. Bundan tashqari insonni motivatsiyalash sohasidagi mazkur tadqiqotlar biz kо‘rib chiqayotgan nazariyaga muvofiq yutuqlarga erishishga ehtiyoji yuksak kishilar yutuqlarga ehtiyoj sezmaydigan kishilarga nisbatan kо‘proq yutuqlarga erishishga qodir bо‘ladi. Birinchi toifadagi kishilarga katta kuch, mehnatga salohiyat, faollik ijodiy yondoshuv xosdir. Ustiga-ustak bunday kishilarning qoniqishi boshqa kishilar ularni e’tirof etishi yoki maqtashi bois emas, balki о‘zining muvafaqqiyatli ekanligini his qilganda eng yuqori nuqtasiga kо‘tariladi. MakKlelland yuksak yutuqlarga motivatsiya umuman qanday rivojlanishi yoki rivojlanishi borasidagi savolga ham javob topishga urinib kо‘rgan. Uning fikriga kо‘ra, buning uchun “boshliq va tobe’ xodim” tamoiliga kо‘ra emas, balki “ustoz va maqsadga intilgan shogird” tamoiliga kо‘ra munosabatlar barpo etiladigan insonparvar pedagogika usullari qо‘llanishi mumkin. Birinchidan, ota-onalar va menejerlar о‘rtasidagi xatti-harakatlarning eng yuksak mezonlari о‘rnatilishi juda muhimdir. Bunda bolalar yoki xodimlar aynan mana shu yuksak mezonlarga mos tarzda harakat qiladi. Ikkinchidan, kishilarda yuksak yutuqlarga ehtiyojlarni rivojlantirish natijasi har qanday sohada tadbirkorlik faoliyatiga hozir hamda yuksak natijalarga erishish kayfiyatida bо‘lgan mustaqil va maqsadga intilgan shaxsni namoyon etishi lozim. Iqtisodiy о‘sish sur’atlarini jadallashtirish uchun xatti-harakatning yuksak mezonlaridan foydalanishga intilayotgan davlatlar tо‘g‘risida sо‘z borganda esa, Devid MakKlelland nazariyasiga kо‘ra bunday davlatlar quyidagi harakatlarni ado etishi zarur: An’anaviy yо‘nalishlardan bosh tortish hamda о‘z fuqorolarning shaxsiy yuksalishini rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish lozim; Yuksak samaradorlik tamoillarini va imkon qadar unumdorlik mezonlarini о‘rnatish zarur, bularning о‘ziyoq yutuqlarga erishish ehtiyojlarning kuchayishiga xizmat qiladi; U yoki bu faoliyatning turiga eng yaroq kishilarni ular о‘zlarining ijtimoiy tashkiliy mahsuldorligining imkon qadar kо‘p namoyon eta olishlari mumkin bо‘lgan sohalarga yо‘llash vositasida shuningdek, yutuqlarga ehtiyoji ustivor bо‘lgan kishilarni e’tirof etish hamda mukofotlash vositasida mehnat zahiralarni yanada oqilona taqsimlashga intilish zarur. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling