Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


Download 1.45 Mb.
bet8/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

Ijtimoiy ehtiyojlar

  1. Xodimlarga muloqot qilishlariga imkon beradigan ish bering.

  2. Ish о‘rinlarida jamoaviylik ruhini yarating.

  3. Qо‘l ostingizdagi xodimlar bilan vaqti-vaqti bilan yig‘ilish о‘tkazib turing.

  4. Vujudga kelgan norasmiy guruhlarni agar ular tashkilotga zarar yetkazmasa tarqatishga urunmang.

  5. Tashkilot azolarining tashkilotdan tashqarida ijtimoiy faolligi uchun sharoit yarating.

Hurmatga bо‘lgan ehtiyoj

  1. Xodimlarga yanada mazmunliroq ish taklif eting.

  2. Ularga erishilgan natijalarga ega bо‘lgan ijobiy qayta aloqani ta’minlang.

  3. Xodimlar erishga natijalarni yuksak baholang va rag‘batlantirib boring.

  4. Xodimlarni maqsadlarini shakllantirishga va g‘oyalarini tanlashga jalb qiling.

5. Xodimlarga qо‘shimcha huquqlar va vakolotlar bering.
6. Xodimlarni xizmat pillapoyalaridan yuqori kо‘taring.
7. Ularning о‘qishi va qayta tayyorlanishini ta’minlang

О‘z о‘zini namoyon etishga bо‘lgan ehtiyojlar

  1. Xodimlarga о‘z salohiyatidan tо‘la foydalanishga imkon beradigan о‘qish va rivojlanish uchun imkoniyatlarni ta’minlang.

  2. Xodimlarga ulardan tо‘la kuch sarf qilishni talab qiluvchi qiyin va muhim ishlarni bering.

  3. Xodimlarda ijodiy salohiyatlarni rag‘batlantiring va rivojlantiring.

Xulosa qilib aytiladigan bо‘lsa, Maslouning insoniy ehtiyojlar nazariyasi garchi yaratilganiga yarim asrdan kо‘proq vaqt о‘tgan bо‘lsada u bergan tavsiyalar rahbar xodimlarga о‘z qо‘l ostidagilarni rag‘batlantirish jarayonining foydali ta’rifini bergan bо‘lsada, buni mukammal nazariya deb bо‘lmaydi, albatta kishilarni u yoki bu darajada oliy yoki quyi ehtiyojlar tarkibiga mansub kishilar jumlasiga kiritish mumkin, biroq Maslou nazariyasiga kо‘ra ehtiyojlarning aniq besh bosqichli iyerarxik tuzilmasi mavjud emas. Shuningdek, eng muhim ehtiyojlar konsepsiyasi ham tо‘laligicha о‘z tasdig‘ini topgan emas. Chunki, qandaydir ehtiyojning qondirilishi inson faoliyatining motivatsiyasi omili sifatida keyingi bosqichdagi ehtiyojlarni о‘z-о‘zidan yuzaga keltirmaydi. Shunday bо‘lsada, bugungi kunda ushbu nazariya о‘ta keng tarqalgan bо‘lib uning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  • Inson doimo nimagadirmuhtoj;

  • Inson kuchli his qiladigan ehtiyojlar guruhlarga birlashishi mumkin;

  • Ehtiyojlar guruhlari iyerarxik tarzda joylashadi;

  • Qondirilmagan ehtiyojlar insonni harakatlarga undaydi; qondirilgan ehtiyojlar motivatsiya bо‘la olmaydi;

  • Qondirilmagan ehtiyojlar о‘rnini qondirilmagan ehtiyojlar egallaydi;

  • Oddiy holatda inson bir necha ehtiyojlarni his qiladi, bular bir- biri bilan о‘zaro yalpi harakat qiladi;

  • Inson dastlab ehtiyojlar iyerarxiyasi tubida turgan ehtiyojlarini qondiradi, sо‘ngra insonga birmuncha yuqori darajada turgan ehtiyojlar ta’sir kо‘rsata boshlaydi;

  • Inson bir muncha yuqorida turgan ehtiyojlarni bir muncha quyi darajada turgan ehtiyojlarga nisbatan kо‘proq usullar bilan qondirishi mumkin.

Maslou ehtiyojlar piramidasini quyidagicha tasvirlaydi:



Abraham Maslouning insoniy ehtiyojlar iyerarxiyasi diagrammasi. Darajalar (quyidan yuqoriga): 1. Fiziologik, 2. Xavfsizlik, 3. Muhabbat/nimagadir mansublik, 4. Hurmat-ehtirom, 5. О‘rganish-bilish, 6. Estetik, О‘z-о‘zini dolzarblashtirish ehtiyojlari. Shu asnoda sо‘nggi uch daraja: “о‘rganish-bilish”, “estetik” va “о‘z-о‘zini dolzarblashtirish” umumiy holatda “О‘z-о‘zini dolzarblashtirish” (Shaxsiy о‘sishga bо‘lgan ehtiyoj) ehtiyojlari deb ataladi.
Keyinchalik Maslou о‘zining “Hayot psixologiyasi tomon” asarida bularga “yuksalish ehtiyojlari” (hayotiy qadriyatlar) deb nomlagan holda oliy ehtiyojlar rо‘yxatini ham keltiradi. Biroq, u bularni ta’riflash qiyinligini, bular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqda turishini ta’kidlab о‘tgan. Bu rо‘yxatga mukammallik, yaxlitlik, adolat, yakuniylik, hayotiylik, gо‘zallik, soddalik, namoyon bо‘lishlarning boyligi, ezgulik, haqiqiylik, osoyishtalik, halollik va boshqalar kiritilgan. Maslouning fikriga kо‘ra yuksalish ehtiyojlari kо‘pincha inson faoliyatiga qudratli turtki sifatida yuzaga chiqadi va shaxsiy yuksalish tuzilmasining bir qismidir.15
Sizning о‘zingiz ham Maslou keltirgan ma’lumotlar qanchalik voqe’likka mos kelishini bilib olishingiz mumkin. Buning uchun о‘zingiz uchun eng ahamiyatli ehtiyojlar rо‘yxatini tuzing, ularni Maslou ehtiyojlar piramidasiga mos tarzda guruhlarga bо‘ling hamda ehtiyojlardan qaysi birini eng avval, qaysilarini ikkinchi о‘rinda va hakozo qondirishingizni aniqlashga urinib kо‘ring. Shuningdek, qaysi darajadagi ehtiyojlar sizning xatti-harakatlaringizda va sizga tanish kishilar xatti-harakatida ustivor ekanligini bilib olishingiz mumkin.




    1. Download 1.45 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling