Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
Vrumning umidlar nazariyasi
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
2.2. Vrumning umidlar nazariyasi
Bu nazariyaning muallifi Kanadalik psixolog Viktor Vrumdir. U Makgilla universitetida bakalavr (1953), magistr (1955) darajalarga Michigan universitetida doktorlik darajasiga erishdi (1958)28. Uning ushbu nazariyasi (inglizcha. Expectancy theory)1964 yilda nashr qilingan “Trud i motivatsiya” asarida bayon qilingan. Mazkur nazariya ehtiyojning mavjudligi insonni nimagadir erishishga turtki beradigan yagona shart emasligi borasidagi mulohazaga asoslanadi. Inson о‘zi tanlagan xatti-harakatning qaysi turi uning ehtiyojini qondirishga olib borishini hisoblab chiqishi lozim. Insonning xatti-harakati doimo ikki yoki bir necha turlarni tanlash bilan bog‘liqdir. U tanlagan narsa esa u nima qilishiga va buni qanday amalga oshirishiga bog‘liqdir. Boshqa sо‘z bilan aytganda Vrumning fikriga kо‘ra insonning motivatsiyasi inson qancha kо‘p narsani xohlashiga va buning uchun unda qanday imkoniyatlar borligiga hamda bunga erishish uchun u qancha say- harakatlar qilishga hozir ekanligiga bog‘liqdir29. Vrumning umidlar nazariyasi tashkilotlarda xodimlar motivatsiyasini yuksaltirish uchun amalda qо‘llash uchun juda qulay va turli darajadagi boshqaruvchilar, uchun juda foydalidir. Umidlar nazariyasi muayyan xodimlarning maqsadlari va ehtiyojlariga borib taqalganligi bois, boshqaruvchilar, xodimlar о‘z ehtiyojlarini qondirishi va ayni vaqtda tashkilot maqsadlariga erishilishi uchun harakat qilishlari lozim. Xodim nimani uddalay olishi va undan nima talab qilinishining imkon qadar bir-biriga mos tushishiga intilish lozim. Xodimlarning motivatsiyasini oshirish uchun boshqaruvchilar ularning ehtiyojlarini aniqlashi, ularning ishidagi ehtimoliy natijalarni kо‘ra bilishi, shuningdek ular о‘z majburiyatlarini sifatli ado etishlari uchun zaruriy zaxiralarga (vaqt, sharoitlar, mehnat vositalari) ega ekanliklariga ishonch hosil qilishlari lozim. Ushbu mezonlarning tо‘g‘ri nisbati bо‘lgandagina ham ishchi uchun foydali, ham tashkilot uchun muhim bо‘lgan eng yuqori natija erishish mumkin. Mazkur nazariyaga kо‘ra xodimlarning motivatsiya darajasi ularning u yoki ish vazifalarini bajarishga bо‘lgan salohiyati hamda olinadigan mukofot borasidagi tasavvurlardan iborat. V.Vrumning umidlar nazariyasini baholagan holda shunday xulosalarga kelish mumkin: Uning qiymati eng avvalo xodimlar motivlarini shakllantirish jarayonida tashkilotning maqsadlari va о‘z ehtiyojlariga ega shaxsiy vazifalarini taqqoslabgina hamda bu ishlarning shaxsan jozibador ekanligini belgilabgina qolmasdan balki ushbu maqsadlarga erishish vositalari, qurollari hamda ehtimolini baholashlari isbotlab berilganligidadir. Aynan mana shu sababdan xodimlarga kuchli rag‘batlarni taklif etishning о‘zi yetarli bо‘lmaydi, balki ularga ushbu maqsadlarga erishish vositalari va imkoniyatlarini kо‘rsatib qо‘yish zarur. V.Vrumning nazariyasiga muvofiq umid insonning sarf qilgan say harakati kutilayotgan va istalayotgan natijaga olib kelishi borasidagi tasavvurlaridir. Umidlar nazarisi motivatsiya jarayoni borasidagi eng mashhur nazariyalardan biridir. Bu nazariyaga asosan kishilardagi ehtiyojni emas, balki shaxsning qо‘yilgan maqsadga erishish aniqligi hamda bundan kutilayotgan mukofotni baholash haqida о‘ylash jarayoni motivatsion samara beradi. Umidlar nazariyasi kishida faol ehtiyojning mavjudligi undagi muayyan maqsadga erishish motivatsiyasining yagona va zaruriy sharti emasligi borasidagi mulohazaga tayanadi. Shuningdek, inson ham о‘zi tanlagan xatti-harakat turi xaqiqatdan ham qoniqishga yoki kutilayotgan ne’matga erishishga olib kelishiga unchalik ishonmasligi lozim. Umidlarni muayyan shaxsning muayyan xodisa ehtimolini baholash sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Aksariyat kitshilar oliy о‘quv yurtini tugatish ularga bir muncha yaxshiroq ishga ega bо‘lishga, agar bor kuchi bilan ishlansa xizmat tillapoyasidan yuqori kо‘tarilishga umid qilishadi. Zamonaviy jarayonli motivpatsiya nazariyalarining aksariyati motivatsiyani tanlashni boshqarish jarayoni sifatida kо‘rib chiqadi. Motivatsiyaga bunday ta’rifni ilk bor Viktor Vrum belgilagan edi. U kishilar doimo motivatsiya holatida bо‘lishini ta’kidlaydi. V.Vrumning fikriga kо‘ra muvaffaqiyatli ish boshqaruvchi bо‘lish uchun xodimlarga tashkilot maqsadlarga erishish uchun ularning say harakat yо‘nalishlari ularga shaxsiy maqsadlariga ham о‘ta tez yetkazishini kо‘rsata bila olish zarur. Xodimlar ularning quyidagi uch sohadagi umidlari oqlangandagina о‘ta mahsuldor ishlashlari mumkin. “Mehnat harajatlari – natijalar” (X-N) -bu sarflangan say harakatlar va qо‘lga kiritilgan natijalar nisbatidir; “Natijalar - mukofotlar” (N-M) –bu natijalarning erishilgan darajasiga javob tariqasidagi muayyan mukofotlar yoki rag‘batlantirishlarga bо‘lgan umidlaridir; Umidlar nazariyasidagi motivatsiyani belgilovchi uchinchi omil olingan mukofot yoki rag‘batning qadridir. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling