Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya
Bundan qayerda va qanday foydalanish mumkin?
Download 1.45 Mb.
|
МОТИВАЦИЯ 2(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muvozanatda
- Ichki qarshilikni qanday yengish mumkin
Bundan qayerda va qanday foydalanish mumkin?
О‘z jamoangizni ham, о‘zingizni ham motivlashingiz mumkin. Bunda ikkita narsaga e’tibor bering: kimnidir ilxomlantirish, orzusiga erishishga ishonch hosil qilish uchun oldin о‘zingizning ichingizda alanga bо‘lishi kerak; imkon qadar muvaffaqiyatga faqat ichki va tashqi motivatsiyalar orasida muvozanat bо‘lgandagina erishish mumkin. Shunday qilib sizning oldingizda uchta vazifa turibdi: ichki motivatsiyani alangalatish; boshqalarga g‘alabaga undash; muvozanatga erishish. Muvozanatda о‘z-о‘zini motivlash. Agar siz qayerdan kelayotganingiz va qayerga ketayotganligingizni bilsangizgina har qanday harakatingizni oldindan rejalashtirishingiz va uniga erishishingiz mumkin. Har qanday muvaffaqiyatli harakat xohishdan boshlanadi. Yetakchi – bu ichki motivlar asosida harakat qiluvchi va ma’lum vaqt davomida tashqi motivlardan voz kecha oladigan (kechiktirilgan mukofot) kishidir. Shunday ekan yetakchining motivatsiyasi faqat ichki ijobiy yoki salbiy motivatsiyadir, ya’ni: u orzudan boshlanadi; orzuga erishishi uchun uzoq muddatli maqsadlar aniqlanadi va yozib qо‘yiladi; uzoq muddatli maqsadlar qisqa vaqt bо‘laklariga – qisqa muddatli maqsadlarga ajratiladi; qisqa muddatli maqsadlar uchun kundalik reja tuziladi. Mana shunday ilhomlantiruvchi jarayonda bunday zerikarli ishlarni qilishning nima keragi bor deb sо‘rarsiz? Bu shuning uchunki, motivatsiya – bu faqat oldinga yetaklovchi kuchdir. Maqsadga erishishi uchun manzil qayerdaligini biladigan boshqaruvchi, bu manzilga eltadigan yо‘llar va ushbu ulovning sozligini ta’minlovchi kishilar kerak bо‘ladi. YA’ni, aniq maqsadlarsiz motivatsiya – bu mushakbozlikka о‘xshaydi. Shovqini ham, yorug‘i ham kо‘p bо‘ladi, lekin foydasi bо‘lmaydi22. Ichki qarshilikni qanday yengish mumkin? Har birimizning ichimizda ichki fitnachi yashiringin. Bu bizning shaxsimizning negativ (salbiy) tomonidir. U juda xavfli va ayyordir. U hamisha siz kutmagan paytda paydo bо‘ladi. U istiqbolli ishni boshlashimizdan tо‘xtatib qoladi yoki boshlab qо‘ygan ishingizning orqaga ketishi uchun hamma ishni bajaradi. Uni tanib olish va tushunish о‘z ustingizda ishlashda juda muhimdir. Biror, о‘zingiz uchun muhim bо‘lgan ishni boshlamoqchi bо‘lsangiz, u bosh kо‘taradi va sekingina gapira boshlaydi: “Buni bajarishning nima keragi bor? Hammasi foydasiz”, “Hamma qatori yashayver”, “Sen boshqalardan yaxshi bо‘la olmaysan, bu ishingni tashla”. Sizning negativ (salbiy) tomoningiz aytgan shu va shunga о‘xshash fikrlar yangi ishni boshlashdan tо‘xtatib qolishi va har qanday faoliyatga bо‘lgan qiziqishingizni sо‘ndirishi mumkin. Aytaylik, siz biror о‘sish, rivojlanish mumkin bо‘lgan korxonaga ishga kirdingiz. Yoshsiz, kuch-quvvatga tо‘lasiz. Muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin bо‘lgan biror yangilik kiritmoqchisiz. Bu savdoning yangi usuli yoki texnik yangilik bо‘lishi mumkin. Lekin siz endigina ishga kirishaman deb turganingizda, ichki fitnachi bosh kо‘taradi va sizning ishlash ishtiyoqingizni sо‘ndiradi. U sizga quyidagilarni ayta boshlaydi. О‘xshamay qolsa nima bо‘ladi? Agar hamkasblaring seni qо‘llab-quvvatlashmasa nima bо‘ladi? Ular sening ustingdan kulishadi. Sening boshqa ishlaring anchagina, bunga vaqting yо‘q. Har bitta ahmoq ham buning iloji yо‘qligini biladi. Hali bunday ishlarni qilishga yoshlik qilasan. Sen buncha kо‘p tо‘siqlarni yengib о‘ta olmaysan. Uning eng yoqimli usullaridan biri – bu keyinga qoldirishdir. U bu usulni juda kо‘p marta qо‘llaydi va buni quyidagicha asoslaydi: “Hozir emas, hali ulguraman”, “Shoshilish kerak emas”, “Men buni keyingi haftadan (oydan, yildan) boshlayman” va shunga о‘xshashlar. Keyingi haftada esa u buni yana bir haftaga qoldirish uchun albatta bahona о‘ylab topadi. U turlicha bahonalar topadi, ob-havoni, vaqt yetishmasligini, sharoitni pesh qiladi va sizning muvaffaqiyatga erishmasligingizni ta’minlaydi23. Motivatsiyaning yuqorida keltirilgan ichki va tashqi turlarini tahlildan о‘tkazing. Sizda ulardan qaysi biri kuchliroq? Siz nimaga aynan shularni qо‘llayapsiz? Haqiqatan ham bu sharoitlar tasavvur qilganingizdek yengib bо‘lmasmi? Kо‘pincha odamlar tavakkalchilik qilishdan, xato qilishdan, muvaffaqiyatsizlikdan qо‘rqish natijasida о‘zlarini oqlay boshlaydilar. Chunki bunda psixologik himoya mexanizmlari ishga tushadi. Odam о‘zi haqidagi fikrni tegishli darajada ushlab turishga harakat qiladi. Mumkin bо‘ladigan muvaffaqiyatsizliklar odamning о‘ziga bо‘lgan xurmati va bahosining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa muvaffaqiyatsizlikdan qochishga olib keladi. Ruslarning “hech nima qilmaydigan odamgina xato qilmasligi mumkin” degan maqoli bor. Natijada hayotiy loqaydik va har qanday ishni boshlashdan qochish rivojlanadi. Bunday odam hech nimaga erisha olmasligi turgan gap. Chunki ular hali biror ishni boshlamasdanoq yengilganligini tan olishadi. Bо‘lishi mumkinbо‘lgan muvaffaqiyatsizliklardan qо‘rqmang! Muvaffaqiyatsizliklar sizdan qо‘rqishi kerak! Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling