Qurbonova nigora raximdjonovna motivatsion psixologiya


II BOB FAOLIYATNING TURLI SOHALARIDAGI MOTIVATSIYANING О‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI


Download 1.45 Mb.
bet15/35
Sana27.12.2022
Hajmi1.45 Mb.
#1067544
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
МОТИВАЦИЯ 2(1)

II BOB
FAOLIYATNING TURLI SOHALARIDAGI MOTIVATSIYANING О‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI
2.1. San’at va madaniyat amaliyotida motivatsiyadan foydalanish
Biz ushbu о‘quv qо‘llanmada san’at bilan shug‘ullanishga motivatsiya umuman о‘quv jarayonining muvaffaqiyatli kechishiga kо‘maklashuvchi muhim omil sifatida sо‘z yuritishga hamda motivatsiyalashgan va motivatsiyalashmagan faoliyatning farqlari tо‘g‘risida ayrim mulohazalarni keltirishga jazm qildik. Motivlar anglanmagan holatda ya’ni, agar inson о‘zini u yoki bu harakatni sodir etishga nima turtki berayotganini anglamasa, uning ruhiy holati alohida kо‘rinishda – harakatlarning hissiy tusi kо‘rinishida tasavvur qiladi. Kо‘pincha aynan bola yoki erkak yoshidagi kishining u yoki bu san’at turiga moyilligi shaxsning nimaga moyilligi yoki yо‘nalganligini kuzatishga imkon beradi. Ammo hissiy tus faqat san’at bilan shug‘ullanishga undovchi asl motivni yashirishi mumkin. Chunki, kо‘pincha faoliyat bilan motiv bir-biriga mos tushavermaydi. Shaxs san’atda va bunga oson bо‘lmagan о‘qishda nimani qо‘lga kiritishida motivlar qanday rol о‘ynashini tushunishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, bola yashashga tayyorlanmaydi, u qanday yashaydi, kim bо‘lib yetishadi bu kо‘p jihatdan uni о‘rab turgan estetik muhitga bog‘liq. Bola atrof olamni bilishida bolalarning ijodiy faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ijodiy faoliyatda gо‘zallikni sevishga, otrof muhitga sezgir bо‘lishga о‘rganadi va bu katta hayot uchun poydevor bо‘lib xizmat qiladi. Ijodiy faoliyat bolada jonli fantaziyani, jonli tasavvurni shakllantiradi.
О‘z-о‘zini kо‘rsatishga intilish bolaning tabiatida mavjud. Boladagi salgina bо‘lsada san’atga nisbatan intilishni qо‘llab quvvatlamagan ota onalar katta xatoga yо‘l qо‘yadi. Chunki ijod inson faoliyatning barcha sohalarida zarur bо‘ladigan xotira, tafakkur, kuzatuvchanlik, maqsadga intilish, ichki tuyg‘ularni faollashtiradi. Agar bugun bola televizor pultini mikrofon qilib olib kuylayotgan, yoki otasining shlayapasini kiyib olib kinoyulduz sо‘zlarini takrorlab tо‘pponchadan о‘q uzayotgan bо‘lsa bularning ortida bolaning haqiqiy ijodiy intilishlarini kо‘rish mumkin.
Kezi kelganda bolalarning ijodiy faolligi susayib borayotganligi hayotimizdagi о‘zgargan sharoitlar bilan bog‘liqligini ta’kidlash joiz, bular:

  • jamiyatda san’at ahllariga nisbatan yuzaga kelgan nomaqbul ma’naviy munosabat (kelib-kelib artist bо‘lasanmi?). Kо‘pincha moddiy qadriyatlarning ma’naviy qadriyatlardan ustunligi. Bu ham bolalarning san’at yо‘lini tanlashdagi asosiy tо‘siqlardan biridir.

  • ommaviy axborot vositalari (xususan televideniye) ijtimoiylashuvning qudratli omili sifatida bolaning xali shakllanib ulgurmagan shaxsiga salbiy ta’siri.

  • bizning zamonamiz uchun xususiyatli bо‘lgan ilmiy-texnik bazaning, kompyuterlarshuvning rivojlanishi (jonli ijro yо‘qligi) tо‘la qonli san’at bilan shug‘ullanishga tо‘siq bо‘lmoqda.

  • oilada san’at sohasiga, san’at olamiga, san’atkorlarga bо‘lgan salbiy munosabat.

Bularning barchasi san’at sohasidagi mutaxassislarni bolalarni ijodiy faoliyatga yо‘naltirish uchun yangicha yо‘llarini qidirishga majbur etmoqda. Motivatsiya deyilganda bolaning fe’l atvoriga qо‘shiladigan, buni tegishli tomonga yо‘llaydigan faoliyatining jadalligini yо‘lga soladigan, rostgо‘ylik, qat’iyat, intilish, faollik va maqsadlarga erishishda manfaatdorlikka undovchi sharoitlar tizimini yaratish jarayoni tushuniladi. Bunday keng kо‘lamli vazifalar о‘qituvchida yuksak malakani taqozo etadi. Bolani qiziqtirish, uning istak va intilishlarini tegishli tomonga yо‘llash lozim. О‘qituvchi mazkur holatda ijodiy faoliyatning tashkilotchisi, tashabbuskori, ishtirokchisi bо‘lishi lozim. Bolalarni ijodga tayyorlash jarayonida uchta о‘zaro bog‘liq jarayoni kuzatish mumkin, bular:

  1. Bolaning hayotiy va san’atdagi tasavvurini boyitish. Masalan, ertaklar, she’rlar, xalq odatlarini, kitob qahramonlari, hayvonlarning fe’l atvorini bilish u yoki bu san’at asarini yaratishga asos bо‘ladi. Bolaning qо‘shiq aytishga, raqsga tushishiga, rol о‘ynashiga rag‘batini orttiradi.

  2. Bolalarni ijodiy faoliyat usullari bilan tanishtirish. Masalan, bolalarga mazmuniga kо‘ra bir-biriga yaqin bо‘lgan kichik asarlarni taqqoslash, shu asarlardagi rollarni ijro etib kо‘rishni taklif etish.

  3. Ijodiy faoliyat usullarni egallash. Barchaga ma’lum bо‘lgan ashullalar, rollar misolida о‘qituvchi bularni qanday ijro etilganligini izohlaydi va takrorlab kо‘rishga undaydi. Bolalarda ijodiy qiziqish paydo bо‘lishi va barqaror motivatsiyani yaratishi uchun о‘qituvchi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:

  • Darsda ijodiy faollikni qiziqishni erkinlik muhitini yaratishga imkon beruvchi ish usullari va shakllaridan foydalanish;

  • Dars uchun muqobil ijobiy kо‘nikmalarni shakllantirish uchun asos bо‘ladigan va ayni vaqtda yuksak badiiy mavzuga ega bо‘lgan materialni tanlash;

  • Bolalarning ijodiy faoliyati uchun turli usullarni tanlash (masalan, musiqa chalish, tanish qо‘shiq uchun musiqa ijro etish, asar qahramonlardan birini ijro etish);

  • Ijodiy vazifalarning bir necha turini darsning о‘zida yaratishga urinib kо‘rish24.

Bolaning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirishning ayrim usullarini kо‘rib chiqamiz.

  1. Hissiy ta’sir. О‘qituvchining sо‘zlar, imo-ishora, gavda harakatlari bilan san’at asariga munosabatini ifodalashi.

  2. G‘ayri oddiy misollar keltirish, hayratlanish tuyg‘usini uyg‘otish (Sherali Jо‘rayevning avval chо‘pon bо‘lgani).

  3. Muvaffaqiyat vaziyatini yaratish, bolalarni kо‘rsatgan faoliyati uchun maqtab qо‘yish, kelgusi darslar uchun rag‘bat bо‘ladi.

  4. Darsda о‘yin vaziyatini yuzaga keltirish.

  5. Muammoli izlanish vaziyatini yaratish. Muayyan asarning mazmuni, uning qanday rivojlanishi borasida bolalarning fikrini о‘rganish.

  6. Taqqoslash usuli. Muayyan asarlarni о‘quvchilar о‘zi taqqoslab fikrlarini aytishi lozim.

  7. Sо‘z bilan ifodalash. Ijodiy asarni sо‘z vositasida bolalarga tushuntirib berish.

Motivatsiyaning inson xatti-harakatiga ta’siri kо‘plab omillarga bog‘liq va bu aksariyat individual holda kechadi hamda inson faoliyati tomonidan yuz beradigan qayta aloqa ta’sirida о‘zgarishi mumkin. YA’ni, inson о‘zi uddalay oladigan narsa uni jalb qiladi. Bu qayta aloqa qonuni bо‘lib, bunda shaxs uchun muvaffaqiyat inson uchun ishoradir. Mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli ekanligi borasidagi ishoralarning о‘ta qiymati katta. Bular: ushbu faoliyat (voqelik, muhim) bizni qabul qilayotganligini, biz shu faoliyatga yarashimizni kо‘rsatib beradi. Demak, motivatsiyaga insonning о‘ziga ishonchi, ya’ni u qilayotgan barcha narsalar ajoyib va mahsuldorligini xatto rejalashtirilgan narsa aniq amalga oshmagan taqdirda ham bizni rivojlantirishi borasidagi ishonchni singdirish bilan ta’sir kо‘rsatishimiz mumkin.
Bizdagi san’at sohasiga о‘qitish aynan shunisi bilan g‘arb maktablardagi san’atga о‘rgatish tizimlaridan farq qiladi. G‘arbda talabaning о‘z yoqtirgan sohasida о‘zi individual tarzda shug‘ullanishiga keng yо‘l berilsa, bizda о‘quvchining (talabaning) mashg‘ulotdan qoniqish borasidagi о‘z istaklari va intilishlarini dolzarblashtirish ustidan о‘qituvchining bosimi va hukmronligi ustivorlik qiladi.
Shaxsning chuqur ishonchi va muhitning bosimi bilan bog‘liq motivlar va ehtiyojlarin farqlashni G.Myurrey ishlab chiqqan.
U birlamchi ehtiyojlar (fiziologik ehtiyojlar) – suvga, ovqatga, jinsiy yengillashga, sovvuqdan qochishga va boshqalarga hamda ikkilamchi ehtiyojlar (psixogen ehtiyojlar) – hurmat, kamsitish, yutuqlar, affiliatsiyalar (... sahifaga qarang), tajovvuz, mustaqillik, qarshi turish, himoya, ustuvorlik qilish, о‘ziga e’tiborni jalb qilish, zarardan, muvaffaqiyatsizlikdan, xomiylikdan, о‘yinlardan, jinsiy aloqalardan, yordam izlashdan (tobe’likdan), tushunishdanqochishni ajratib kо‘rsatadi. G.Myurrey qо‘lga kiritish, ayblash, yaratish, о‘qish, e’tirof, saqlash ehtiyojlarini ham kо‘rsatib о‘tadi. Birlamchi ehtiyojlar ikkilamchi ehtiyojlardan farqli о‘laroq uyg‘un jarayonlarga asoslanadi va yoki davriy (ovqatlanish ehtiyoji) yohud hayot faoliyatini boshqarish (sovuqdan qochish) zaruratiga bog‘liq holda paydo bо‘ladi. Sо‘ngra ehtiyojlar ijobiy (izlanishlar) va salbiy (qochish) ehtiyojlariga, oshkora va yashirin ehtiyojlarga farqlanadi25.
Oshkora ehtiyojlar erkin va obektiv tarzda tashqi xatti-harakatda namoyon bо‘ladi, yashirin ehtiyojlar о‘yin harakatlarida kо‘zga tashlanadi.
Muayyan vaziyatlarda ayrim ehtiyojlar xatti-harakatning murakkab motivatsiyalariga aylanishi, bir-biri bilan tо‘qnashishi, bir-biriga bо‘ysunishi mumkin. Biron bir sohada keskin motivlar qarama-qarshiligi san’atdagidek oson hal bо‘lmaydi. Masalan, orkestr ijrosidagi konsertda dirijerga tobe’lik faoliyati asarning yaxlit qiyofasi ustidan hukmronlik qiluvchi yakkaxon ijroning mustaqilligi qо‘shilib ketadi.
San’at sohasidagi motivatsiya boshqa sohalardagi motivatsiyalardan bir muncha farq qiladi. Shuning uchun ham ushbu mavhum psixologik tushuncha –ya’ni motivatsiyani qoliplarga va meyorlarga tushmaydigan san’atga va unga о‘qitishga qо‘llashda qiyinchiliklar yuzaga keladi.Insonni о‘z rivojida aqlli inson ya’ni, Homo Musicus – musiqaviy qadimgilar iborasi bilan aytganda raqs tushuvchi, rasm chizuvchi ya’ni, ifodalovchi va ifodali inson tomon undovchi qandaydir tabiiy asos mavjudmi? San’atda motiv о‘z predmetini topishi mumkin, bu - hayot, hayotiy kechinmalardir. Buning sababi ham mavjud, ya’ni ushbu ifodalanadigan obrazlarda qadriyatlar aks etadi. Mayakovskiy tili bilan aytganda “Bu kimgadir kerak”. Bunday xatti harakatni ishga tushiruvchi motiv “kimgadir kerak bо‘lish, mavhum yoki aniq Tomoshabinga yohud Tinglovchiga yoki butun insoniyatga xizmat qilishdir. Demak, san’atda faqat ifodalovchi inson emas balki buni tushunuvchi, anglovchi, his qiluvchi inson ham shakllanadi, tarbiyalanadi. Musiqa maktabiga intilayotgan о‘quvchida, san’at institutiga intilayotgan abituriyentda ana shunday yashirin yoki oshkora motivatsiya ishga tushadi. Bunday motivatsiya qanday paydo bо‘ladi, u oilada yoki jamiyatda tarbiyalanadimi?
Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, zamonaviy psixologiyada “motiv” “motivlashtiruvchi omil” atamasi bilan instinktiv tuyg‘ular, biologik moyilliklar, qiziqishlar, istaklar, hayotiy maqsadlar va orzular singari butkul turlicha hodisalar ifodalanadi. Ehtiyoj birinchi marta qondirilmaguncha о‘z predmetini topa olmaydi. San’at har qanday darajadagi motivatsiya uchun о‘z predmetini taqdim eta oladi, masalan musiqiy kechinmalarga bо‘lgan ehtiyoj ham jismoniy hissiyotlar (organizm tomonidan) shuningdek, hissiyotlarga bо‘lgan psixologik ehtiyojlar va о‘quvchining (talabaning) musiqa orqali о‘ziga о‘xshaganlarga intilishga majbur etuvchi “ijtimoiy Men”idan kelib chiqishi mumkin. Faqat shunday topish natijasidagina ehtiyoj о‘z predmetiga erishadi. Bu demak, о‘z kechinmalarini ifodalash hamda san’at shakllarida qayd qilingan boshqa kishilar va elatlar о‘tkazgan kechinmalarni ifodalash ehtiyoji san’atning qandaydur turi bilan shug‘ullanish jarayonidagi mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi (yoki mustahkamlanmaydi), ya’ni hissiyotlar bilan almashish motivi о‘zining ustuvor predmetli sohasiga, boshdan kechirilgan kechinmalar, qiyofalar, g‘oyalarni tanib qolish uchun til tushunarli bо‘lib qoladi hamda bu til boshqa kishilar tajribasi va о‘z-о‘zi bilan muloqotga kirishish tiliga - avtomuloqot tiliga aylanadi. Demak, san’at mashg‘ulotlariga motivatsiyaning ildizi sifatida his qilingan tajriba bilan almashuv ehtiyojini qondirish yuzaga chiqadi. Bunday almashuv ozmi kо‘pmi muvaffaqiyatli bо‘lishi mumkin, ya’ni о‘z о‘zini ifodalashda ustivor deb hisoblanuvchi jihat о‘qituvchilar, ota-onalar, atrofdagilar tomonidan mustahkamlanishi yoki mustahkamlanmasligi mumkin. Bu qanday tarzda yuz beradi?
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilganidek, psixologiyada tashqi va ichki motivatsiya tushunchalari mavjud. Tashqi motivatsiya aksariyat hollarda bu- “xipchin va xо‘rozqand”dir. Pedagogikada “xipchin” ham, “xо‘rozqand” ham kо‘pincha baho tarzida ifodalanadi. Bunday tashqi motivatsiya kuchiga uncha ishonib bо‘lmaydi, chunki о‘quvchilar (talabalar) bunday yuzaki (rasmiy) baholarga qiziqmay qо‘yadi. Hо‘sh, unda nima qilish kerak? О‘quvchilarda ichki motivatsiyani rivojlantirish lozim. Ichki motivatsiya qanday paydo bо‘ladi? Bola uchun qandaydir sabablarga kо‘ra jozibador bо‘lgan kishilarga, kishilar va jamoalar turiga taqlid qilish orqali ularga mansublikka va bir vaqtning о‘zida о‘z individualligini namoyish etishga, bu hamjamiyatda о‘zini topish, О‘zini namoyon etishgaintilishdan ichki motivatsiya vujudga keladi26.
Bolaga о‘z individualligini qaror toptirish uchun biron bir soha san’atdek imkon berolmaydi (chunki matematika yoki biologiyada qonunlar va formulalarni о‘zicha talqin qilish mumkin emas), bu о‘smirlarga ularning о‘ziga hosligi va mansublikka bо‘lgan talabini qondiruvchi madaniyat sohasiga kirishi uchun eng muhim motivdir.
Bunday motivga erishgan о‘quvchiga psixologlarning tili bilan aytganda “qanot bitadi”, u barcha jihatlarda – organizmdagi yengillik, uchish holati, ruhning mutloq osoyishtaligi holatiga tushadi. Mutaxassislarning fikriga kо‘ra amalga oshirilgan ijodiy harakat jarayonida olingan bunday holat hissiy xotirada mangu saqlanib qoladi va о‘quvchini takror-takror mana shunday ijodiy faoliyatni amalga oshirishga undaydi. Omma oldida chiqishlar insonga quvvat bag‘ishlaydi hamda bunday bolalarning о‘ta iste’dodli ekanligini kо‘rsatadi27.
San’at maktabidagi bolalar turli-tuman motivlarga: о‘qishda muvaffaqiyatga erishish motivi, о‘rganish, muloqot motivi, xatto ota-onalarning о‘ta rag‘batlantirishi tufayli turli darajada muvaffaqiyat bilan о‘qiydi. Biroq, san’atga motivatsiyalashda shodlik motivatsiyasi, baholar va boshqa tashqi motivatsiyalardan tashqari san’atning о‘zi bilan shug‘ullanish motivatsiyasi alohida о‘rin tutadi. Televizorda qо‘shiq aytgan, she’r о‘qigan yoki biron-bir filmda kichkina bо‘lsada rol о‘ynagan, yohud biron-bir klipda ishtirok etgan о‘quvchining shodligi ana shunday motivatsiyadir.
San’at ta’limi muassasalarida bilim oladigan talabalarda bunday holatni saqlab turish uchun ularni tez-tez omma oldida chiqishlar qilishiga sharoit yaratish zarur. Bolaning san’atdagi dastlabki muvaffaqiyati kelgusi harakatlari uchun bir bosqich bо‘lishi, keyingi bosqichda esa yanada kattaroq sahnalarda kо‘rinishi uchun turtki berishi zarur. Omma oldida chiqishlarning qudrati shundaki, bola bunda о‘zining barcha tushkunliklari, muammolarini unitadi va sahnadagi qarsak, olqishlardan olingan energiya bolani yuksaltiradi, u sahnadan о‘zini yanada yuksak parvozlarga qodir his qilgan holda chiqadi, ya’ni u о‘zini yangitdan kashf etadi. Demak, san’at maktabi muassasalaridagi darslarni bola uchun “xobbi”ga aylantirish zarur, chunki inson о‘z “xobbi”si uchun doimo vaqt topadi, deb hisoblaydi V. B.Braynin.
Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, san’atni faqat unda ishtirok etibgina tushunish mumkin. Buning uchun esa muallif yoki ijrochi bosib о‘tgan yо‘lni san’atga intilayotgan shaxs ham bosib о‘tishi lozim. Faqat bolalar ijrosi, bolalarning (hamda ularning о‘qituvchilarining) san’atga ijodiy munosabatini, ijodiy faoliyatga barqaror motivatsiya sohasini shakllantirish mumkin.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling